Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidagi oziq-ovqat dökoni yonib ketdi.

2019 yilning 15 oktabr kuni soat 01:03da Toşkent şahri M.Uluğbek tumani Qori Niyoziy köçasida 8-uyda joylaşgan, yakka tartibdagi tadbirkorga tegişli “Eldor Dilfuza” oziq-ovqat dökonida yonğin sodir bölayotganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.

Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, xabar asosida voqea joyiga törtta yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Birinçi bölinmalar çaqirilgan manzilga uç daqiqada yetib borgan. Yonğin soat 01:11da örab olinib, soat 01:15da bartaraf etilgan. Yonğin oqibatida dökonning 20 kv. metr maydonda şifti va içki jihozlari yonib zararlangan. 

Tan jarohati olganlar va halok bölganlar qayd etilmagan. Yonğindan dökonning 50 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.