17-18 oktabr kunlari Toşkent şahrida yuristlar, vazirliklar va idoralar mutaxassislari, ingliz huquqi sohasidagi milliy va xorijiy ekspertlar Adliya vazirligi taşabbusi bilan taşkil etilgan «English Law Day in Tashkent» («Toşkentda ingliz huquqi») xalqaro konferensiyasida jam bölişdi.

Tadbir avvalida Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya favqulodda va muxtor elçisi Tim Torlou, Angliya va Uels xalqaro yuristlar jamiyati qömitasi a'zosi Sergey Ostrovskiy yiğilişni oçib beriş uçun nutq sözladi.
Adliya vaziri öz çiqişida yiğiliş qatnaşçilari, xorijlik mehmonlarga olib borilayotgan huquqiy islohotlar haqida ma'lumot berdi.
«Ayni vaqtda Özbekistonda bir neça huquqiy islohotlar ketmoqda. Birinçidan, mamlakatda davlat boşqaruvining yangi modeliga ötiş böyiça tub ma'muriy islohotlar olib borilmoqda. Bunda ham davlat organlarining imijini va mahsuldorligini oşiriş, ham antikorrupsiyaviy çoralar bilan tadbirkorlar uçun ma'muriy yengilliklar beriş va bu bilan iqtisodning ösişi közda tutilgan.
Şuningdek, islohotlarda asosiy e'tibor biznesda turli byurokratik protseduralarni qisqartirişga qaratilmoqda. Biz bu borada 80ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qildik. Lisenziya va ruxsatnomalarning rasmiylaştiriş muddati qisqartirildi.
Davlatga bölgan işonçni himoya qiliş prinsipi yaratilgan bölib, u halol sarmoyadorlar va tadbirkorlik sub'yektlarini mansabdor şaxslarning kutilmagan ma'muriy xatti-harakatlaridan himoya qiliş mexanizmlarini nazarda tutadi.

Ikkinçidan, biznes va investitsiya kiritişda qulay şaroitlar yaratiş maqsadida iqtisodiyot erkinlaştirilişi olib borilmoqda. Iqtisodiy faoliyatda turli sohalarda 300ga yaqin imtiyoz va preferensiyalar örnatildi. Ayni vaqtda 21ta erkin iqtisodiy zona taşkil etilgan. Bu yildan soliq yukini keskin kamaytirişni özida aks etgan soliq tizimi amalga kiritildi.
Uçinçidan, sud-huquq sohasida kompleks çoralar körilmoqda. Jamiyat bu islohotdan köp narsa kutmoqda. Balki biz ayni vaqtdagi sud-huquq sohasidan 100 foizli qoniqiş hosil qilmasmiz, lekin özgarişlar bölmoqda», – deya Ruslan Davletovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.











