Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholini ro‘yxatga olish qanchaga tushadi?
2022 yil kuzida O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olish ishlariga 150 ming kishi shartnoma asosida jalb etiladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, aholini ro‘yxatga olish ishlariga sarflanadigan mablag‘ miqdori aholi jon boshiga o‘rtacha 3 AQSh dollaridan to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu xarajatlar davlat budjetidan qoplanadi.
Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mahmudjon Ziyodullayev 18 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Yalpi majlisda deputatlar «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqib, ma'qullashdi.
Deputat Joldasbay Abdijamilovning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasini ishlab chiqishda MDH, Osiyo va Yevropa mamlakatlarining qonunchiligi, xususan, Rossiya, Belarus, Buyuk Britaniya va Litva kabi davlatlar tajribasi o‘rganilgan.
Qonun loyihasi aprel oyida e'lon qilingandi. Ayni jarayonda uylarning ham ro‘yxati tuziladi.
Mavzuga oid
16:47 / 04.07.2026
“Sergelida hayot qaynayapti” - tumanda aholi soni aslida 30 foizga ko‘proqligi ma’lum bo‘ldi
18:01 / 01.07.2026
Aholi soni bo‘yicha yangi raqamlar: eng katta farq Toshkent viloyatida
12:18 / 01.07.2026
Ro‘yxatga olishda O‘zbekiston aholisi ko‘proq chiqqaniga izoh berildi
11:58 / 01.07.2026