Özbekistonga olib kiriladigan va sotiladigan, texnik hujjatlarida, markirovkasida va etiketkalarida energiya samaradorligining tegişli klassi töğrisidagi axborotlarning majburiy mavjud bölişi haqidagi talab tatbiq etiladigan maişiy elektr priborlari röyxatiga qöşimçalar kiritildi.

 Eslatib ötamiz, maişiy elektr priborining klassi lotinça boş harflar bilan belgilanadi: «A», «V», «S», «D», «E», «F», «G» (kamayib borişiga köra). Qöşimça ravişda – «A+», «A++» va undan yuqori (ortib borişiga köra) – ular «A» klassi darajasidan ança oşadi.

 Röyxatdagi energiya samaradorligi klassi körsatilmagan priborlarni (ilgari foydalanilganlaridan taşqari) 2016 yil 1 yanvardan import qiliş, 1 iyulidan esa –mamlakatda realizatsiya qiliş taqiqlandi. Quyi klassdagi tovarlarni import qiliş va realizatsiya qiliş bosqiçma-bosqiç: 2017 yildan – «G», 2018 yildan – «F», 2019 yildan – «Ye» klassidagilar taqiqlandi.

 2019 yil mayda «Özstandart» agentligiga röyxatni qayta körib çiqiş va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiş topşirildi. Natijada unga 8 ta yangi pozitsiya kiritildi:

• markaziy isitiş qozonlari, 8402-tovar pozitsiyasidagi qozonlardan taşqari, va boşqalar (TIF TN kodi 8403 10 900 0);

• suvi oqib turadigan yoki töplanadigan noelektr suv isitgiçlar (idişli) va boşqalar (8419 19 000 0);

eng katta gorizontal hajmi 120 sm dan oşmaydigan havo tortuvçi qopqoqlar va javonlar (8414 60 000 0);

• çangyutgiçlar (8508 11 – 8508 60);

elektr dvigatel örnatilgan maişiy elektr mexanik maşinalari (8509 40 – 8509 80);

• yoruğlik tarqatuvçi diodlar (LED), şu jumladan lazer diodlar (8541 40 100 0);

• lampalar va yoruğlik priborlari va boşqalar (9405 10 400 9);

• çöğlanma lampalar bilan foydalanişga möljallangan priborlar va boşqalar (9405 40 910 9).