2026 yilda energiya samaradorligini oşirişga doir prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjatda belgilanişiça, elektr energiyasi va tabiiy gazni iste’molçilarni tarmoqdan ajratiş va çeklov kiritiş hisobidan tejaşga yöl qöyilmaydi.

2026 yil 1 iyuldan vazirlik va idoralar, davlat taşkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari hamda davlat iştirokidagi korxonalarning yangi quriladigan, rekonstruksiya (modernizatsiya) qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan bino va inşootlarida energiya samaradorligining “S” va undan yuqori toifasiga ega böliş talabi kiritiladi.

Har yili energiya sarfi belgilangan normativlardan keskin oşib ketgan davlat obektlarida xalqaro standartlar va energiya servis mexanizmlari asosida energiya samaradorligini tubdan yaxşilaş dasturlari amalga oşiriladi.

Energiya samaradorligi milliy agentligiga energiya servis kompaniyalari (ESKO) tomonidan davlat buyurtmalari asosida körsatiladigan energiya servis xizmatlari uçun kafolatlangan tölovlarni amalga oşiriş huquqi beriladi. Tölovlar Energiya samaradorligini rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaş jamğarmasidan tölanadi.

2026 yil 1 oktyabrga qadar obektlar kesimida katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), biznes-tahlil (Business Intellegence) va sun’iy intellekt texnologiyalari asosida energiya iste’molini va samaradorlik körsatkiçlarini tahlil qilib boriş amaliyoti yölga qöyiladi.

Şuningdek, har yarim yilda iqtisodiyotning energiya siğimini hisoblaş va tegişli ma’lumotlarni e’lon qilib boriş amaliyoti ham joriy qilinadi.

Kundalik hayotda energiyani tejaş va energiya samaradorligini oşiriş könikmalarini singdirişga qaratilgan “Energiya samaradorligi – farovon hayot garovi” umummilliy harakati yölga qöyiladi hamda aholi örtasida tarğibot va taşviqot işlari amalga oşiriladi.

Oliy ta’limdagi öquv dasturlariga energiya samaradorligi va tejamkorligini örgatuvçi mavzular kiritiladi. Maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim taşkilotlarida tegişliça tarbiyalanuvçi, öquvçi va talabalarda energiya tejamkorligi böyiça bilim va könikmalarni şakllantirişga qaratilgan tadbirlar taşkil etib boriladi.