17-18 oktabr kunlari Toşkentda «English Law Day in Tashkent» (Toşkentda ingliz huquqi kuni) xalqaro konferensiyasi bölib ötdi. Unda asosan ingliz va özbek huquqşunoslari özaro fikr almaşişdi.

Konferensiya doirasidagi tadbirlarga Adliya vaziri Ruslan Davletov moderatorlik qildi. U ingliz huquqini Özbekistonda tatbiq qilişning ahamiyati masalasida öz fikrlarini bildirdi.

«Ingliz huquqi zamirida juda katta qadriyatlar yotadi. Unda investorlar uçun katta himoya va işonç bor. Butun dunyoda ingliz huquqi deyilsa, investorlarni darrov jalb qiladi.

Tabiiyki, har qanday davlat investorlarga yoqadigan muhit yaratişga intiladi. Özbekiston ham istisno bölmasligi kerak, mamlakatimizda huquq tizimini parallel rivojlantirib borişimiz kerak.

Investorlar nuqtayi nazarida özlari örgangan qoida, tamoyil, standartlar bor. Investorning Özbekistonga keliş-kelmaslik qarori negizida ana şu qoida va tamoyillar yotadi. Boşqa hamma narsani körsatişingiz mumkin, lekin işonçni uyğota olmasangiz foydasi bölmaydi.

Bugungi uçraşuvda spikerimiz Saymon Kox investor mamlakatga kelganida uni qiziqtiradigan savollar röyxatini qilib berdi. Röyxatda 30taga yaqin savollar mavjud. Bunga yetarli resurs kerak, vaqt kerak, eng asosiysi kadr kerak», – degan Ruslan Davletovning sözlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.

Konferensiyada xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantirişga kömak beradigan huquqiy rejim yaratiş uçun ingliz qonunlarini moslaştiriş va qöllaş imkoniyatlari, sud tizimining ingliz qonunlarini amalga oşirişdagi roli xususida söz bordi.

Konferensiya yakuni böyiça Özbekiston hududida ingliz huquqi normalarini joriy etiş istiqbollarini közda tutuvçi takliflar işlab çiqiş rejalaştirilgan.