Olimlar chili garmdorisining saratonga qarshi ta'sirini aniqlashdi
Chili garmdorisi tarkibiga kiruvchi va unga achchiq ta'm beruvchi kapsaitsin moddasi o‘pka saratonining metastaz berishiga ta'sir qilishi mumkinligi aniqlandi. Bu haqda AQShdagi Marshall universiteti olimlari ma'lum qilishdi.
Mutaxassislarning aytishicha, kapsaitsin hujayralarning yashovchanligi va nobud bo‘lishiga javobgar bo‘lgan Src oqsili faolligini bloklab, o‘pka saratonining metastaz berishi kamayishiga olib keladi.
Shu sababli kapsaitsin saratonga qarshi yangi dori vositalarini ishlab chiqishda asos qilib olinishi mumkin. Biroq olimlar kapsaitsin moddasi analogini izlash bilan bandliklarini ta'kidlab o‘tishgan.
Gap shundaki, kapsaitsin bir qator nojo‘ya ta'sirlarga ega. Xususan, u oshqozon-ichak yo‘li bezovtalanishi va oshqozon spazmalarini keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024
Olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etdi
16:30 / 04.10.2024
O‘yinchoqlar va idishlardagi qora plastik saratonga olib kelishi mumkin - tadqiqot
11:43 / 01.10.2024