Özbekiston içki işlar vaziri, general-leytenant Pölat Bobojonov boşçiligidagi vazirlik delegatsiyasi Janubiy Koreyaning Milliy politsiya agentligi tomonidan taşkil etilayotgan II Xalqaro politsiya sammitida iştirok etiş uçun jönab ketdi.
Mazkur sammit turli davlatlar içki işlar organlari va politsiyasining transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşişda özaro hamkorligi masalalarini muhokama etiş hamda tajriba almaşiş maqsadida taşkil qilinmoqda.
«30 dan ortiq xorijiy davlatning 100 dan ziyod vakili tadbirda iştirok etiş istagini bildirgan», — deyiladi Içki işlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Sammit jarayonida Özbekiston IIV delegatsiyasining Janubiy Koreya Milliy politsiya agentligi boş komissari Min Gab Ryong bilan uçraşuvi, Korea Police world Expo 2019 an'anaviy körgazmasiga taşrifi hamda Koreyaning turistik politsiyasi faoliyatini örganiş rejalaştirilgan.











