Katta leytenant Murod Ğaniyeviç Sodiqov favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati böyiça maslahatçisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Murod Sodiqov 1984 yilda Qozoğiston Respublikasi Jambul viloyatida tuğilgan. 2005-2009 yillarda Özbekiston Davlat san'at institutida öqigan. 2004 yildan 2019 yilgaça Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi telekanallarida turli lavozimlarda işlagan.

M.Sodiqov oxirgi ikki yil davomida “Özbekiston 24” telekanalida teleboşlovçi va siyosiy şarhlovçi sifatida faoliyat olib borgan.

Eslatib ötamiz, favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi bir vaqtning özida vazirlik matbuot xizmati boşliği sanaladi.