2019 yilning yanvar-centyabr oylarida respublikaning taşqi savdo aylanmasi hajmi 31,6 mlrd AQŞ dollarini taşkil etib, 8,5 mlrd AQŞ dollariga yoki ötgan yilning mos davriga nisbatan 37,2 %ga oşgan.
Davstatqöm xabariga köra, uşbu körsatkiçdan eksport hajmi 13,6 mlrd AQŞ dollariga (ösiş sur'ati – 45,5 %) va import hajmi esa 17,9 mlrd AQŞ dollariga (ösiş sur'ati – 31,5 %) yetdi. Hisobot davrida 4,2 mlrd AQŞ dollari qiymatida passiv taşqi savdo aylanmasi qayd etildi.
Özbekiston jahonning 181 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oşirib kelmoqda. Respublika taşqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,7 %), Rossiya Federatsiyasida (14,9 %), Qozoğistonda (8,3 %), Koreya Respublikasida (6,6 %), Turkiyada (5,8 %), Germaniyada (2,4 %) va Qirğizistonda (2,0 %) qayd etilgan.
2019 yilning III çoragida taşqi savdo aylanmasi hajmi 11,9 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi va joriy yilning ikkinçi çoragi bilan taqqoslaganda 16,4 foizga ösdi.
2019 yilning 3 çoragida taşqi savdo aylanmasi umumiy hajmida import uluşining kamayişi (58,1 %dan 56,2 %ga), eksport uluşining esa köpayişi (41,9 %dan 43,8 %ga) kuzatildi. Taşqi savdo aylanmasining çoraklik tuzilmasida ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda. Ötgan yilning şu davriga nisbatan taşqi savdoda eksport uluşi 8,9 foiz punktga ösdi.
2019 yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga köra, MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi 10,7 mlrd AQŞ dollarini taşkil qildi va Özbekiston taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 33,8 %ga yetdi. Qöşni davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanişi özaro savdo-sotiq aloqalariga ham ijobiy ta'sir körsatmoqda. MDH mamlakatlari bilan taşqi savdoning qariyb 37,7 %, şundan eksportning 42,6 % va importning 33,9 % qöşni mamlakatlar hissasiga töğri keladi.
Boşqa xorijiy davlatlarning taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 66,2 %ga yetib (20,9 mlrd AQŞ dollari) ötgan yilning mos davridagi taşqi savdo aylanmasiga nisbatan 47,8 %ga oşgan. Taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beş davlatda faol taşqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afğoniston (424,2 mln. AQŞ dollari), Qirğiziston (423,7 mln. AQŞ dollari), Tojikiston (104,0 mln. AQŞ dollari), Fransiya (44,0 mln. AQŞ dollari) va Eron (6,1 mln. AQŞ dollari). Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv taşqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.












