Erta jismoniy faollik, şuningdek, qonda şakar miqdorini me'yorlaştirişda yordam beradi. Bu haqda EurekAlert! naşri ma'lum qildi. 

Olimlar olib borgan 6 haftalik tadqiqotda ortiqça vaznga ega yoki semirişdan aziyat çekkan 30 erkak iştirok etgan. Iştirokçilar 2 guruhga bölinib, 1-guruhga kiruvçilar maşqlargaça, 2-guruhga kiruvçilar esa maşqlardan keyin nonuşta qilişgan. Aniqlanişiça, oç qoringa jismoniy faollik yoğning yaxşiroq yöqolişiga olib kelgan. Bu esa öz navbatida maşqlar vaqtida insulin darajasining kamayişi bilan boğlangan. U, şuningdek, qonda şakar miqdorini optimal darajada uşlab, töqimalarning insulinga sezgirligini oşirgan. 

Ta'kidlanişiça, ikki guruhdagi erkaklar örtaça bir xil vazn taşlaşgan va öxşaş jismoniy holatga ega bölganlar. Biroq nonuştagaça maşq qilganlarning muşaklarida glyukozani taşişda va muşaklarda qon oqişida iştirok etuvçi asosiy oqsillar köpaygani kuzatilgan.