Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2019 yilning yanvar-sentabr oylarida respublikada avtomobil benzini işlab çiqariş hajmi 13,2 foizga kamaydi.

Qayd etilişiça, 2018 yilning şu davrida 873,2 ming tonna benzin işlab çiqarilgan bölsa, 2019 yilda - 758,1 ming tonna.

Dizel yoqilğisini işlab çiqariş hajmida ham pasayiş kuzatildi - 5,4 foiz. 2018 yilda 806,8 ming tonna dizel işlab çiqarilgan bölsa, 2019 yilda - 763,4 ming tonna.

Şu bilan birga, Özbekiston 2019 yil yanvar-sentabr oylarida neft qazib olişni 2018 yilning şu davriga nisbatan 6,5 foizga qisqartirdi - 524,9 ming tonnagaça.

2019 yil yanvar-sentabr oylarida tabiiy gaz qazib oliş qariyb 45,05 milliard kub metrni taşkil etdi, bu 2018 yilning şu davriga nisbatan 0,8 foizga kam.

2019 yil yanvar-sentabr oylarida Özbekiston 1,56 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning şu davriga nisbatan 3,3 foizga kamdir.