Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2019 yil 22 oktyabrdagi majlisida yangi tahrirdagi “Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida”gi qonun loyihasi muhokamasi qizğin keçdi.

Qonunçilik palatasi xabariga köra, qonun loyihasi parlament quyi palatasiga kelib tuşganidan beri mas'ul qömitaga uni joylarda xalq, jamoatçilik, mutaxassislar, ekspertlar örtasida keng muhokamadan ötkaziş vazifasi topşirildi. Loyiha siyosiy partiyalar fraksiyalarida har tomonlama muhokama qilindi.

Majlisda ta'kidlanganidek, prezidentning 2019 yil 17 yanvardagi farmoniga asosan işlab çiqilgan uşbu loyihaning yaratilişiga bir neçta obektiv sabablar turtki bölgan. 1998 yilda qabul qilingan amaldagi qonun mehnat bozorining hozirgi holati va voqelikni aks ettirmasligi aytiladi. Mehnat va bandlik sohasidagi mavjud muammolarni, dolzarb masalalarni hal qilişga qaratilgan amaldagi normalar qariyb yaroqsiz holga kelgan. Qolaversa, mehnat bozorini tartibga solişning yangi vositalari, xususan, tadbirkorlikni rağbatlantiriş, özini özi band qiliş, şaxsiy tomorqa uçastkalarini rivojlantiriş va işsizlarni kasb-hunarga qayta öqitiş, iş stajini hisobga olişda yangi axborot tizimlaridan foydalaniş kabilar borasida qonunçilik real hayotdan ortda qolayotgan edi.

Qonunda bandlik sohasidagi davlat siyosatini amalga oşirişning moliyaviy vositalari hisoblangan Jamoat işlari jamğarmasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi fuqarolar huquqlari va manfaatlarini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi kabi tuzilmalar faoliyati aniq-tiniq belgilab berilmoqda.

Mazkur qonun loyihasining asosiy xususiyati va ajralib turadigan jihati, u töğridan-töğri amal qiluvçi normalardan taşkil topgan. Ya'ni, loyiha 3 ta qonun, Özbekiston Respublikasi prezidentining 12 ta farmon va qarorida, Vazirlar Mahkamasining bandlik va mehnat bozorini tartibga soliş, mehnat migratsiyasini taşkil etiş böyiça qabul qilingan 40 dan ziyod me'yoriy hujjatlarida közda tutilgan huquqiy normalarni özida jamlagan.