Britaniya boş vaziri Boris Jonson parlament quyi palatasining 21 oktyabrdagi yiğilişiga kelmay, unga özi örniga “Brekzit” böyiça vazir Stiven Barklini yubordi. Boş vazirning özini bunday tutişi deputatlar tomonidan parlamentga hurmatsizlik deb qabul qilinib, ularning tanqidiga sabab bölgan.
Quyi palata 21 oktyabrda “Brekzit” masalasi böyiça ovoz beriş jarayonini muhokama qiliş uçun yiğilgan. Biroq Jonson yiğilişga kelmagan. Şotlandiya milliy partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yetakçisi Ian Blekford boş vazir qayerdaligi va nima uçun yiğilişga kelmaganini bilmoqçiligini aytgan.
“Qani u? Boş vazirning parlamentga hurmati qani?”, deb savol bilan yuzlangan Blekford. Uning aytişiça, Jonson 19 oktyabrda deputatlar uning “aksildemokratik” deb topişgan “Brekzit” böyiça kelişuvini qöllab-quvvatlaşdan boş tortişganda mağlubiyatdan özini xörlangan deb hisoblagan.
Quyi palata spikeri Jon Berkou Jonson taklif qilgan “Brekzit” böyiça kelişuvning qayta körib çiqilişini bloklagan.
19 oktyabrdagi yiğilişda quyi palata Jonsonning Yevropa Ittifoqi bilan “Brekzit” böyiça kelişuvini qöllab-quvvatlaşdan boş tortgandi.
Şundan keyin boş vazir Yevropa Ittifoqidan “Brekzit”ni 2020 yil 31 yanvargaça qoldirişni iltimos qilgan. Endi uşbu jarayon böyiça qarorni Yevropa Ittifoqi qabul qilişi kerak böladi. Avvalroq Britaniya Yevropa Ittifoqini 31 oktyabrda tark etişi rejalaştirilgandi.












