Turkiya çempionatining 8-turida «Konyaspor» va «Yyeni Malatyaspor» uçraşuvi ğalati epizod bilan boşlandi.

Öyinning ilk soniyalaridayoq mehmonlar jamoasi futbolçisi raqib jarima maydoni tomon uzun uzatma yölladi. Mezbonlar darvozaboni Serkan Kirintili öz darvozasi hududini tark etib, töpni egallab olişga harakat qildi, ammo u töp trayektoriyasini töğri hisoblay olmadi. Jarima maydoni taşqarisiga yugurib çiqqan darvozabon töpni qoidalarga köra töxtatib qololmasligini anglaganidan keyin jamoasini goldan qutqariş uçun töpni qöli bilan uşlab oldi. Özini qanday jazo kutayotganini oldindan bilgan darvozabon hakam unga qizil kartoçka körsatişidan oldin qölqoplarini yeçib kiyim almaştiriş xonasiga yöl oldi. Hakam uning ortidan qizil kartoçka körsatdi.

Öyinning ilk daqiqasidanoq bir kişi kam bölib qolgan «Konyaspor» öyin davomida ikki gol ötkazib yubordi va 0:2 hisobida yutqazdi.