Namangan viloyatidagi tergov hibsxonasida mahkuma tösatdan vafot etdi. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi boşliği Hayot Şamsutdinov uşbu hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.

Ma'lum bölişiça, 2019 yil 22 oktabr kuni soat 02:30lar çamasida Namangan viloyati IIB 6-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahkuma Ş.M. özi saqlanayotgan hibsxona kamerasida tösatdan salomatligi yomonlaşib, körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Xabarda aytilişiça, mahkuma sud hukmiga köra Jinoyat kodeksining 168- va boşqa moddalari bilan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va mazkur sud hukmidan norozi bölib apellyatsiya şikoyati yozgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida, mahkuma Ş.M.ning ölimi "yurakning kamqonlik kasalligi, ötkir yurak qon tomir yetişmovçiligi natijasida kelib çiqqanligi, marhumada tan jarohatlari aniqlanmaganligi" körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda.