Nimalar yordam bera oladi?
Jismoniy maşqlar, toza havo va soğlom oziq-ovqatlar yurakni parvarişlaşdagi eng asosiy omillar hisoblanadi, şuningdek, ma'lum bir giyoh va mahsulotlar ham yurak uçun alohida foyda bera oladi, uning faoliyatini me'yorlaştirişga va baquvvat bölişiga xizmat qiladi.
1. Sarsabil — yurak-qon tizimi salomatligi uçun juda muhim qiymatga ega ösimlik. Öz tarkibida kunlik tavsiya etilgan foliy kislotasining 70 foiz uluşini saqlaydi. Aynan şu kislota yurak xurujlari xavfini kamaytiradi. Köplab mutaxassislar asabiylikda sarsabil ildizini yeyişni tavsiya qilişadi.
2. Dölana — xitoy tabobatida bu ösimlik «yurak şifokori» deb ataladi. U qon aylanişi va yurak muşaklari işini yaxşilaydi. Yurak muşaklarining qisqariş xususiyatini orttiradi, yurak urişi va qon bosimini me'yorlaştiradi. Uşbu ösimlik gipertoniya (arteriyada qon bosimi oşib ketişi) va stenokardiyada (yurak muskullari siqilişi, şuning natijasidagi oğriq) ham yordam beradi.
3. Gulizardak (goritsvet) — yurak uçun juda foydali bölgan bir qator organik birikmalarni öz tarkibiga olgan maşhur öt. Bu kardiofaol glikozidlar (jami 15dan ortiq) yurak tomirlarini kengaytiriş va yurak ritmini normallaştirişga moyil.
Bu ösimlik yuqori qon bosimi, aritmiya, yurak yetişmovçiligi va yurakka aloqador boşqa barça kasalliklardan aziyat çekuvçi insonlar uçun birdek foydalidir.
4. Uzum uruği — kapillyarlar, vena va arteriya tomirlarini mustahkamlaşga xizmat qiluvçi fenollardan biri bölgan «protsianidinat»ni öz içiga oluvçi kuçli antioksidant.
Yurak faoliyatiga ijobiy ta'sir körsatadi va zararli xolesterinning oksidlaniş jarayonini sekinlaştiradi. Uzum uruği gipertoniya va vena yetişmovçiligida ajoyib vositadir.
5. Örik danagi — tarkibida amigdalin nomli xavfli moddani saqlagan taqdirda ham, saratonga qarşi kuçli davo bölib qolmoqda.
Mağiz tarkibidagi ösimlik moylari uni ateroskleroz bilan kuraşişda qiymatli vositaga aylantiradi. Ular tomir devorlarini mustahkamlaydi, aritmiya va gipertoniyada yordam beradi, bundan taşqari qon bosimini tuşirişga xizmat qiluvçi vosita böla oladi.












