O‘zbekiston | 12:38 / 24.10.2019
52423
5 daqiqa o‘qiladi

Bozorlardagi narx-navo: eng arzon go‘sht qayerda sotilmoqda?

Foto: KUN.UZ

Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma'lumot berdi. Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 22 oktabr kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (lahm go‘shtidan tashqari) 35 000 so‘mdan 57 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (35 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (57 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 36 000 so‘mdan 61 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (36 000) so‘mdan ro‘yxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (61 000) so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 200 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori»da (1 200 so‘mdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 1 000 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», Qarshi shahrining «Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 500 so‘m).

 

Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

 

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori» va «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori»da (1 000) so‘mdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 000) so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 5 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da kuzatildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Guruch 4 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da (4 000 so‘mdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 9 000 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (1 l.)

O‘simlik yog‘i mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori", Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (9 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (13 500) so‘mdan kuzatildi.

Shakar 5 000 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Samarqand shahrining «Damariq dehqon bozori»da (5 000) so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (7 000) so‘mdan kuzatildi.

Mavzuga oid