Lexus avtomobilsozlik kompaniyasi Tokiodagi avtosalonda kelajak elektromobili prototipi LF-30 Electrified’ni taqdim qildi.  

Konsept “kelajak haqidagi filmlardagi kabi” körinişga ega bölib, kuzovining antiqa dizayni bilan ajralib turadi. Uning tomi töliq oynavand bölib, eşiklari antiqa ravişda oçiladi.

Ta'kidlanişiça, maşinaning podsvetkasi böyiça uni kim haydayotgani – avtopilotmi yoki haydovçi aniqlaş mumkin.  

Salonda individual monitorlarga ega 4 ta örindiq bor bölib, haydovçi ekrani avtomobilning turli funksiyalarini boşqariş uçun imo-işorani taniş funksiyasi bilan jihozlangan.

Model 544 ot kuçiga ega elektr qurilma va ğildiraklarga örnatilgan dvigatellar bilan jihozlangan. Lexus Advanced Posture Control tizimi har bir ğildirakka tortiş kuçi berilişini nazorat qildi. Avtomobil bir quvvatlanişda 500 km yöl bosa oladi. Şuningdek, maşina simsiz quvvatlagiç tizimini olgan. 

Ma'lum qilinişiça, maşina seriyali işlab çiqarilişga qöyilmaydi. Maşinadagi ba'zi dizaynerlik yeçimlari markaning yangi elektromobillarida qöllanadi.