Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining Doing Busines-2020 reytingi e'lon qilindi.  

Biznes yuritiş uçun eng qulay şaroitlar yaratilganlik reytingida joriy yilda avvalgi yildagidek Yangi Zelandiya yetakçilik qilmoqda. 2-örinni Singapur özida saqlab qolgan. 3-öringa Hongkong kötarilib, Daniyani 4-öringa tuşirib yuborgan. Keyingi örinlarni Janubiy Koreya, AQŞ, Gruziya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Şvetsiya egallamoqda.  

Özbekiston joriy reytingda öz pozitsiyasini 7-öringa yaxşilab, 69-örinni (avvalgi reytingda 76-örin) egallagan. 

Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozoğiston eng yaxşi körsatkiçni namoyiş qilib, 25-örinni, Qirğiziston 80-örinni, Tojikiston 106-örinni egallagan. 

“Biznes yuritiş” dokladi 17-marta tuzilmoqda va 190 ta davlatni qamrab olgan. U davlatlarning biznesni rivojlantirişga kömak beruvçi yoki tösqinlik qiluvçi me'yorlari, jumladan korxonani yaratiş, biznes yuritiş, taşqi savdo faoliyatini amalga oşiriş, soliqlar tölaş, investorlar huquqlarining himoyalanganligi darajasini örganadi.