“Suriya demokratik kuçlari” (SDF) Suriyaning qurollangan muxolifati kuçlari alyansi bölib, uning tarkibiga kurd mudofaa otryadlari (YPG va YPJ), turli arab muxolif guruhlari hamda assuriya va turkman otryadlari kiradi.
Tomonlar, şuningdek, Rossiya va Turkiya prezidentlari 22 oktyabrda Soçida erişgan kelişuvlar doirasidagi tadbirlarning kurdlar tomonidan amalga oşirilişini muhokama qilişgan.
Şoygu rossiyalik harbiy politsiyaçilar Suriya-Turkiya çegarasida tinç aholi xavfsizligini ta'minlaşiga va'da bergan. Şu sababli bu hududlar aholisiga öz uylarini tark etişlari talab etilmaydi.
22 oktyabrda Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan Soçidagi uçraşuvda Suriya şimoli-şarqidagi vaziyatni tartibga keltiriş böyiça birgalikdagi harakatlar haqidagi memorandumni qabul qilişgan. Unga köra, Rossiya harbiy politsiyasi va Suriya qöşinlari 23 oktyabrdan Suriyada Turkiya amaliyoti olib borilayotgan hudud bilan çegaradoş hududlarga kiritilişi kerak edi. Kurd tuzilmalariga esa Turkiya çegarasidan 30 kmlik hududni töliq böşatiş uçun 150 soatlik muhlat beriladi. Şundan keyin Rossiya va Turkiya bu hududni birgalikda patrullaşni boşlaydi.
23 oktyabrda belgilangan yönaliş böyiça birinçi patrullaş amalga oşirilgani ma'lum qilindi.













