Tadbirga Şanxay hamkorlik taşkiloti huzuridagi kuzatuvçi davlatlar hukumatlari rahbarlari ham taklif etilgan
1-2 noyabr kunlari Toşkent şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining uçraşuvi bölib ötadi. Bu haqda ŞHT boş kotibi Vladimir Norov ma'lum qildi.
"1-2 noyabr kunlari Toşkent şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining kengaşi yiğilişi bölib ötadi. Özbekiston poytaxtida ŞHTga a'zo barça davlatlar boş vazirlari jam bölişi kutilmoqda", - dedi u.
Norovning sözlariga köra, tadbirga kuzatuvçi davlatlar – Afğoniston, Belarus, Mongoliya va Eron hukumatlari rahbarlari, xalqaro hamkor taşkilotlar rahbarlari ham taklif etilgan.
"ŞHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining kengaşi yiğilişi ŞHT davlatlarining özaro hamkorligini yanada kuçaytiriş, iqtisodiy ösiş sur'atini jadallaştiriş, transport va energetika, sanoat sohalaridagi aloqalarni kengaytiriş imkonini beradi", - deb hisoblaydi Vladimir Norov.













