08:33 / 06.04.2019
9258

«Liverpul» safardagi irodali g‘alaba bilan birinchi o‘ringa qaytdi

Foto: Getty Images

«Liverpul» Angliya Premer-ligasining 33-turida «Sauthempton» maydoniga safar qilib, 3:1 hisobida ishonchli va irodali g‘alabaga erishdi.

O‘yinning 9-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Sheyn Long hisobni ochdi, 36-daqiqada Nabi Keyta muvozanatni tikladi. O‘yinning so‘nggi 10 daqiqaligida Muhammad Saloh va Jordan Henderson gol urib, mersisaydliklar g‘alabasini ta'minladi.

Endilikda «Liverpul» yana «Manchester Siti»ni ortda qoldirib, turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Yurgen Klopp jamoasi «shaharliklar»dan bitta ko‘p o‘yin o‘tkazgani holda 2 ochko oldinda bormoqda. «Sauthempton» esa 16-o‘rinda qoldi, jamoani xavfli hududdan 5 ochko ajratib turibdi.

Angliya chempionati
33-tur, 5 aprel
Sauthempton – Liverpul 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 1:0 – 9 Long, 1:1 – 36 Keyta, 1:2 – 80 Saloh, 1:3 – 86 Xenderson.
Sauthempton – Gann, Bednarek, Yosida, Vestergor (Ostin, 83), Valeri, Romeu (Armstrong, 83), Xeyberg, Bertran, Uord-Prouz, Redmond, Long (Sims, 62).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Henderson, 59), Matip, van Deyk, Roberson, Veynaldum (Milner, 59), Fabino, Keyta (Lovren, 88), Saloh, Firmino, Mane.
Ogohlantirishlar: Bednarek (48), Bertran (75), Salax (81), Roberson (89), Henderson (90+1), Mane (90+4).

Mavzuga oid
Top