Uchuvchi – eng yaxshi fotograf? Parvozda olingan suratlar
Uchuvchilik kasbi stresslar va katta mas'uliyat bilan chambarchas bog‘liq. Bu kasbni egallashni istaganlar ruhan tetik, po‘latdek asab sohibi bo‘lishi kerak.
Kishi ana shunday ulkan orzusiga erishib, uchuvchiga aylanganida, dunyodagi eng go‘zal go‘shalarni ko‘rish imkonini beruvchi eng oldi qatordagi joy «chipta»sini qo‘lga kiritadi.
Polshaning LOT aviakompaniyasi uchuvchilaridan parvoz vaqtida qanday manzaralarga guvoh bo‘lishlarini so‘rashdi. Ular fotoapparatni olib, ana shu savolga javob berdilar. Big picture taqdim etgan suratlar jamlanmasini ko‘rib, uchuvchilar – dunyodagi eng yaxshi fotograflar, degan fikrga borish mumkin. Tomosha qiling va bunga o‘zingiz guvoh bo‘ling.
Frederik Shopen nomidagi Varshava aeroporti. Qo‘nishga tayyorgarlik

Varshavadan Budapeshtga borish marshrutidagi Tatra tog‘lari uzra quyosh botishi

Varshavaga qo‘nish oldidan Kampinoss o‘rmoni ustidan uchish. Sankt-Peterburgdan Varshavaga boruvchi reys

Germaniya osmonida quyosh chiqishi manzarasi. Varshava – Nyu-York reysi

Qarama-qarshi yo‘nalishda uchayotgan samolyot. Varshavadan Hamburgga kechki reys

Shopen nomidagi aeroportda qo‘nish yo‘lakchasiga kirish. Varshava, transatlantik parvoz

Shetsin shahridan Varshavaga ichki parvoz. Bulutlar va botayotgan quyoshdan taralayotgan nur

Boeing 777 kreyser balandligida. Kattalashtirish funksiyasi bilan LOT samolyoti pastidan uchib o‘tgan boshqa bir samolyotni suratga olishga muvaffaq bo‘lingan

Taxa daryosi, Ispaniya. Varshava-Madrid reysi

Germaniyaning janubiy qismidan parvoz. Varshavadan Madridga uchayotgan reys. Kun-tun chizig‘ini ko‘rish mumkin: o‘ng tomonda yorug‘lik yorqinroq, u o‘tib borayotgan kunning so‘nggi nurlari. Qorong‘iroq qismi esa – tobora yaqinlashayotgan tun

Shimoliy dengiz ustida tong otmoqda. Varshava-London reysi

Bosfor bo‘g‘ozi va tungi Istambul. Varshava-Tel-Aviv reysi

Qo‘nish yo‘lakchasiga kirish vaqtida. Hitrou aeroporti, London

Fransiya janubidagi Sent-Mari-de-la-Mer kommunasi ustidan uchib o‘tish. Varshava-Barselona reysi

Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20
-
Hafta boshida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 21:59
-
Andijondagi toshqin, oliy ta’limdagi o‘zgarishlar va do‘xtirlarga $1500 oylik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:33
Mavzuga oid

14:46 / 08.03.2024
O‘zbekiston ayollari yigirmanchi asrda – arxiv suratlarida xotin-qizlar hayoti

22:13 / 19.12.2023
Samolyot parvozi paytida qanday kasalliklar kuchayishi mumkinligi aytildi

16:47 / 23.11.2023
Time 2023 yilning eng ta’sirli suratlarini e’lon qildi (fotojamlanma)

11:45 / 30.07.2023