Jizzax viloyati hokimi Ergaş Soliyev va prezident maslahatçisi Şerzod Kudbiyev iştirokida ötkazilgan taşkiliy masala böyiça yiğilişda viloyat hokimiga yangi örinbosar va viloyatdagi ikki tumanga yangi hokimlar tayinlandi.

Jizzax viloyati hokimiyati matbuot xizmati xabar berişiça, 2018 yil avgustidan buyon Zarbdor tumani hokimi bölib işlab kelayotgan Oybek Aşurmatov Jizzax viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi.

Oybek Aşurmatov

Uning örniga bugun Qaşqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan Zafar Röziyev Zarbdor tumanining yangi hokimi etib tayinlandi.

Zafar Röziyev

Şarof Raşidov tumani hokimi Zoir Mirzayev Qaşqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangani munosabati bilan, 2018 yil 29 oktyabrdan buyon Jizzax viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bölib işlab kelgan Mahmud Xolbötayev Şarof Raşidov tumani hokimi etib taniştirildi.

Mahmud Xolbötayev

Eslatib ötamiz, bugun, 26 oktabr kuni Qaşqadaryo viloyati rahbariyatida asosiy «törtlik» va öndan ortiq boşqa rahbarlar işdan olindi.