Bir neça kun muqaddam Özbekiston Respublikasi prezidentining «Jismoniy şaxslar tomonidan notijorat maqsadida tovarlarning olib ötiş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi qarori loyihasi e'lon qilingandi. Davlat bojxona qömitasida boşqarma boşliği örinbosari Farhod Olimjonov uşbu qaror yuzasidan izoh berdi.

– Jismoniy şaxslar tomonidan bojxona postlaridan notijorat maqsadlarda olib kelinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylaştirişni soddalaştiriş maqsadida mazkur qaror loyihasi işlab çiqildi. Agarda çegara-bojxona postlari orqali fuqarolar qança tez harakatlansa, Davlat bojxona postlarining baholaş tizimi böyiça baho yaxşi hisoblanadi. Rasmiylaştiriş işlarini soddalaştiriş, vaqt va xarajatni qisqartirişga qaratilgan çora-tadbirlar işlab çiqildi.

Qaror loyihasida bojxona tölovlarini undiriş tartibotini soddalaştiriş nazarda tutilgan. Ya'ni, amaldagi qonunçilik böyiça bojxona boji, aksiz soliği va QQSni umumlaştirilgan holda uning örniga yagona bojxona tölovi joriy qiliş nazarda tutilmoqda. 300 dollargaça tovarlar olib kiriş belgilangan bölsa, şundan ortiğiga bojxona tölovi belgilanişi amaliyotda mavjud. Amaliyotda tovarlar soni miqdoriga qarab rasmiylaştiriş muddati çöziladi. Har bir tovar böyiça nomenklaturasini, kelib çiqiş mamlakatini, bevosita bojxona qiymatini aniqlaşga majbur bölar edi. Agarda har bir fuqaro törttadan tovar olib kelayotgan bölsa 30-40 daqiqa sarf etilayotgan edi. Bu har bir fuqaroga! Endilikda taklif etilayotgan qaror loyihasi bilan mahsulot qiymatidan, ya'ni qölingizda turgan mahsulot çeklari va kvitansiyalarga asosan qiymat belgilanadi. Uşbu kvitansiyalardagi qiymatdan kelib çiqib, oziq-ovqat mahsulotlari uçun - 30 foiz, lekin kamida 1 kg uçun 2 AQŞ dollari; nooziq-ovqat mahsulotlari uçun - 50 foiz, lekin kamida 1 kg uçun 4 AQŞ dollari miqdorida yagona bojxona tölovini undiriş nazarda tutilyapti.

Farhod Olimjonov

Taşqi iqtisodiy tovarlar nomenklaturasida 11295ta tovar röyxati mavjud. Hozirgi kundagi bojxona boji stavkalari, aksiz soliği stavkalari tasdiqlangan. Jumladan, pişloq tovarlarini misol keltiramiz: 15 foiz miqdorida bojxona boji, 10 foiz miqdorida aksiz soliği va 15 foiz miqdorida qöşilgan qiymat soliği undiriladi. Ya'ni, jami bölib – 44 foiz bojxona tölovlari tölanişi lozim. Yangi tartib böyiça pişloq mahsulotiga 30 foiz miqdorida bojxona tölovi undiriladi.