Hozir respublika böylab paxta mavsumining çöği sönay deb qolgan davr. Xalq tili bilan aytganda «birinçi terim» köpgina viloyatlarda nihoyasiga yetgan yoki oxirlayapti.
Ayni şu jarayonlarni kuzatiş, terimçilar bilan suhbatlaşiş maqsadida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani Farğona şaharçasida böldik. Hududining katta qismi hozir ham ekin maydonlaridan iborat bölgan bu «şaharça» Mirzaçöl yerlari özlaştirilişi paytida vodiy viloyatlaridan köçib kelgan aholi tomonidan bunyod qilingan. Şuning uçun ham u Farğona şaharçasi deb ataladi.
Bizni dalaga boşlab borgan mahalla raisi Abdurayim akaning aytişiça, paxta terayotganlar orasida nafaqat hudud aholisi, balki boşqa viloyatlardan kelgan haşarçilar ham bor.

Özimiz guvoh bölganimiz esa: köpçilik terimçilar 50 yoşdan oşgan, serfarzand onalar. Ular rözğoriga harna yordam bölsin deya «kuniga 100» qiliş harakatida.


Paxtakorlar orasida 30 kilogramdan oğirroq etakni boşida kötarib tarozigaça boradigan ayollar ham, 35 yildan beri bir-birini ardoqlab yaşayotgan er-xotin terimçilar ham, bu yil oliy öquv yurtiga kira olmay kelasi yil uçun terim tugagaç tayyorgarlik köraman deb niyat qilgan abituriyentlar ham bor.
Muhimi ularning barçasi öz işiga, dalasiga mehr qöygan, ortiqça narsa kutmaydigan mehribon insonlar.


P.S: Oçiği, paxtazorda oğir mehnat bilan şuğullanayotgan kişilar hayoti haqida ijobiy "material" tayyorlaş murakkab iş. Umuman, biz "Paxtazorda bir kun" orqali ijobiylikka ham intilganimiz yöq, şunçaki, kam maoş, oğir mehnat bilan oilasining kamini töldirişga intilib yaşayotgan insonlar hayotini bor böyoqlar bilan "çiziş"ga harakat qildik, xolos.














