Bugun, 29 oktabr kuni «Özekspomarkaz» MKMda «InnoWeeK.Uz-2019» innovatsion ğoyalar haftaligi oçiliş marosimi bölib ötdi. Uşbu tadbirni oçib beriş uçun Fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, sport masalalari böyiça prezident maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov hamda innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov iştirok etişdi.

Uşbu haftalikni ötkazişdan maqsad innovatsion fikrlovçi qatlamni şakllantiriş, ularning ğoyalarini amaliyotga tatbiq etiş ekani ta'kidlandi. Özbekistonning innovatsion rivojlaniş strategiyasida 2030 yilda Global innovatsion indeks reytingi böyiça jahonning 50ta ilğor mamlakati qatoriga kirişi belgilangan. Bunga erişiş uçun hukumat ilmiy-tadqiqotlar va «nou-hau» işlanmalari işlab çiqişni modernizatsiya qiliş, texnik va texnologik yangilaş jarayonlarni joriy etiş, fan, ta'lim va işlab çiqarişni integratsiya qiliş böyiça faol iş olib bormoqda.

Bugungi tadbir xalqaro miqyosda innovatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan turli darajadagi soha vakillari va davlat organlari, innovatsion infratuzilma sub'yektlari, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat hududlari, texnoparklar va xususiy tadbirkorlar, şuningdek, xorij investitsiya fondlari, innovatsion markazlar va boşqa taşkilotlar uçun özaro manfaatli kelişuvlarga erişiş böyiça platforma vazifasini ötaydi.

Innovatsion haftalik yildan yilga öz qamrovini oşirib bormoqda. 2018 yilda 20dan ortiq xorij mamlakatlaridan 5 mingdan ortiq vakillar qatnaşgan bölsa, bu yil 30dan ortiq davlatdan 6 mingdan ortiq innovatsion ğoya mualliflari iştiroki kutilmoqda.

Uşbu haftalik 29-31 oktabr kunlari «Özekspomarkaz» milliy körgazmalar majmuida bölib ötadi.