Senatning yigirma uçinçi yalpi majlisida «Ilm-fan va ilmiy faoliyat töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni senatorlar tomonidan ma'qullangan edi. 2019 yil 29 oktabr kuni davlat rahbari mazkur Qonunni imzoladi.  

Senati a'zosi Solijon Möminovning yozişiça, Qonunda ilmiy faoliyat sub'yektlari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari, oliy ta'lim muassasalarida ilmiy faoliyat yuritiş tartibi oçib berilgan. Jumladan, oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni bilan birga ilmiy faoliyat ham yuritiladi va uşbu muassasalarning pedagog kadrlari tegişli yönalişlarda ilmiy faoliyat bilan şuğullanişlari şart.

Bundan taşqari, Qonunda quyidagilar belgilangan:

  • bazaviy moliyalaştiriş;
  • ilmiy loyihalarni moliyalaştiriş;
  • stajyor-tadqiqotçilik, tayanç doktorantura va doktoranturani moliyalaştiriş;
  • noyob ilmiy obektlarni saqlaşni moliyalaştiriş;
  • ilmiy asbob-uskunalardan jamoaviy foydalaniş markazlarini moliyalaştiriş.

Qonunda ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik qiliş masalalari tartibga solingan. Xususan, Özbekiston Respublikasining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasida xalqaro hamkorligi milliy ilmiy maktablarning jahon miqyosida öz örniga ega bölişi, dunyo ilm-fani va texnologiyalari ilğor yutuqlaridan milliy iqtisodiyot raqobatbardoşligini yuksaltirişda foydalaniş, xorijiy sarmoyalar, çet ellik yetuk ilmiy va texnologiya markazlari, olimlari, mutaxassislarini mamlakatga jalb etiş, ilmiy faoliyat yurituvçilarning xorijda tajriba va malaka orttirişlarini ta'minlaş maqsadlarida amalga oşiriladi.

Şuningdek, Qonunda ilmiy faoliyat yurituvçi jismoniy şaxslarning mehnat huquqlariga ham alohida e'tibor qaratilgan. Masalan, davlat ilmiy taşkilotlarning ilmiy faoliyat yurituvçilariga 48 iş kunidan iborat yillik haq tölanadigan hamda moddiy yordamni közda tutadigan mehnat ta'tili berilişi belgilab qöyilgan.