Aholini uzluksiz issiq suv va issiqlik quvvati bilan ta'minlaş böyiça 4 oktabr kuni prezident huzurida yiğiliş bölib ötgan edi. Biz şu mavzu yuzasidan suhbat ötkaziş maqsadida Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligida böldik.
Vazir örinbosari Ğofur Jamolov bilan keçgan suhbatimiz issiqlik ta'minotidagi muammolar va bu sohada qilinayotgan işlar mavzusida böldi.
– Kuz-qiş mavsumida köp qavatli uylarning yuqori qavatida yaşovçi insonlar issiq suv çiqmayotganidan tez-tez şikoyat qiladi. Şunday muammolar böladigan mavsumga tayyorgarlik qanday?
– Vazirlik tuzilganidan söng, mavjud holatni töliq örganib çiqdik. Qozonxonalarga, aholining köp qavatli uylarigaça borib örgandik. Şu böyiça qisqa muddatda va uzoq muddatda amalga oşirilayotgan işlar böyiça reja qilingan.
2018 yilning natijalaridan kelib çiqib, kuz-qiş mavsumiga boşqaça tayyorgarlik kördik. Avvallari sinov işlari nomiga amalga oşirilgan. Töliq sinov bölmagani uçun qiş mavsumida har xil noxuş avariya holatlarini keltirib çiqargan. Sinovlarni belgilangan talablar asosida ötkazişni yölga qöydik.
Fuqarolardan köp marotaba issiq suvdagi uzilişlar böyiça şikoyatlar tuşdi. Çunki tarmoqlarni yuqori bosimda sinovdan ötkazdik va natijada 420dan ortiq avariyalar kelib çiqdi. Oğriqli nuqtalar aniqlanib, almaştiriş lozim bölganlarni hisobga oldik.
Avvallari mavsumdan ötib oliş uçun yamab qöyilgan xolos. Bu yil boşqaça yondaşuv asosida oğriqli nuqtalarni aniqlaşga va yangilaşga harakat qildik.
Bundan taşqari, köp qavatli uylarda muhandislik tarmoqlari ba'zilarida almaştirilgan, lekin ba'zilarida işlar qilinmagan. Muammolarni aniqlab oliş maqsadida özim boşçiligimda feysbukda «Issiqlik ta'minoti» nomli guruh oçdik. Bir oy içida 1,5 ming fuqaro a'zo böldi. Çunki bu masalada aholining dardlari töplanib qolgan. Özim ham bir neçasiga çiqib keldim. Qayerdadir tarmoqda muammo bölsa, qayerdadir uyning içida muammo bor. Berilgan issiqlik yilma-yil aylanib, quvurlar tölib boravergan. Hozir bu trubalardan igna ham ötmaydigan bölib ketgan.
Iste'molçi sifatida özim ham boşimdan ötkazdim. Ikkita xonamda issiqlik bor, bittasida yöq. Issiqlik ta'minoti korxonasi köp qavatli uylarda elevator moslamasigaça olib kelişga majbur. Biz şirkatni çaqirib, birgalikda örgandik. Suv tugul, puflasangiz havo ham ötmaydi. Pensionerlarimizning issiqlik radiatorlarini özimiz yuvdirib ham berdik.












