Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi Boş vaziri Li Ketsyan rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi. Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Şu yerning özida rasmiy kutib oliş marosimi ötkazildi. Yuqori martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.
Toşkent şahridagi Simpoziumlar saroyida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokida uçraşuv ötkazildi.
Uçraşuvda oliy darajadagi uçraşuvlar çoğida erişilgan kelişuvlarni izçil amalga oşiriş, özaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar söngida qator hujjatlar imzolandi.
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi Boş vaziri Li Ketsyan 2 noyabr kuni Toşkent şahrida ötkaziladigan Şanxay hamkorlik taşkiloti Hukumatlar rahbarlari (Boş vazirlari) kengaşining 18-majlisida iştirok etadi.












