Joriy yilning 2 noyabr kuni Qozoğiston boş vaziri Asqar Mamin Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengaşining Toşkentda bölib ötadigan majlisida iştirok etadi. Bu haqda Qozoğiston boş vaziri sayti xabar bermoqda.

Toşkentda Qozoğiston boş vaziri Asqar Mamin va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning uçraşuvi bölib ötadi.

Toşkentda 1-2 noyabr kunlari ötadigan nufuzli anjumanda ŞHTga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengaşi kun tartibidagi dolzarb masalalar, şuningdek, taşkilot doirasida özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş va rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinadi.

Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşadi. Muzokaralar yakuni böyiça ŞHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirişga qaratilgan qator hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.