Ölmas filmlar rejissyori Melis Abzalov tomonidan 1982 yilda suratga olingan “Suyunçi” kartinasi özbek kinosining oltin fondidan munosib örin egallagan. Durdona kinoasarlardan biri sanalgan uşbu film mana qariyb 40 yildirki, tomoşabinlar uçun hamon sevimli va qadrli.

Kun.uz’da yangi taşkil qilingan “Unutilayotgan çehralar” loyihasining bu galgi iştirokçisi mazkur filmda Nazira rolini gavdalantirgan 56 yoşli Şahnoza Şamsiyeva (Hamroyeva) böldi. Uzoq yillardan buyon Afrika qit'asidagi Zambiya Respublikasida yaşab kelayotgan Şahnoza opa bilan internet orqali boğlanib, suhbatlaşişga muyassar böldik.

– Şahnoza opa, sizni izlab topiş maqsadida sörab-suriştirib, Zambiyadaligingizni bildik. Ona yurtingizdan ança olisdagi bu mamlakatga qaçon va nima maqsadda ketgansiz?

– Avvalo, suhbatlaşiş niyatida boğlanganingiz uçun katta rahmat. Zambiyaga 1997 yilning aprelida turmuş örtoğim bilan birga kelganmiz. Men şifoxonalardan birida pediatr bölib işlayman. Bu yerda köplab özbekistonlik oilalar bor. Barçamizning munosabatlarimiz juda iliq, tez-tez yiğilib turamiz. Ular Nazira rolini ijro qilganimni yaxşi bilişadi.

Özbekistonga oxirgi marta ötgan yili borib, kelgandim. Xudo xohlasa keyingi yil yana borişni rejalaştiryapman.

– “Suyunçi”dagi birgina ijrongiz tufayli tomoşabinlar nazariga tuşgansiz. Filmga qay tariqa kelib qolganingiz köpçilik uçun qiziq.

– Barçasi tasodifan yuz bergan. Öşanda 17 yoşda edim. Ukam Uluğbek Hamroyev filmlarda rollar öynab yurardi va u pasport yoşiga yetmaganligi bois gonorarlari mening nomimga yozilardi. Bir kuni odatdagidek Uluğbekning pulini oliş uçun “Özbekfilm”ga bordim. Meni u yerda rahmatli rejissyor Melis Abzalov körib qolib, qisqa suhbatimiz mobaynida ançadan beri Nazira roliga mos keladigan aktrisa qidirib topolmayotgani va meni şu rolga munosib körganini ta'kidladi. Ularga dadamdan sörab körişimni aytib, xayrlaşdim. Uyga borib otamni Melis akaning taklifidan boxabar qilganimda, qat'iy rad etgan. Oradan ma'lum vaqt ötib, Melis Abzalov yordamçisi bilan uyimizga borib, bir amallab dadamning roziligini olişgan.

– Kinodagi qaysi sahnani suratga oliş jarayoni siz uçun qiyin keçgan?

– Kamera qarşisida ilk bor gapirganim bois boşida bu holat menga qiziq tuyulgan. Ammo sira qiyinçiliklar bölmagan, men qatnaşgan kadrlar oson tasvirga tuşirilgan. Faqat qahramonim ösma qöyadigan sahna bir neça marta dubl qilinişiga töğri kelgan. Çunki qoşimni xunuk qilişni istamaganman. Melis aka “Aytganimdek qoş qöysang yanada kulgiliroq va qiziqarli çiqadi”, deya meni köndirgan.