Özbek san'atida birgina qöşiği yoxud filmdagi roli orqali tomoşabinlar yodida qolgan, ammo keyinçalik turli omillar sabab boşqa kasb etagini tutganlar köplab topiladi.
Kun.uz ana şunday insonlarni izlab, ular bilan suhbat uyuştiriş maqsadida yangi «Unutilayotgan çehralar» loyihasini boşlaşga qaror qildi.
Ilk mehmonimiz 44 yil avval kinorejissyor Damir Salimov tomonidan suratga olingan, haqli ravişda tomoşabinlar köngil mulki va özbek kinosining oltin fondidan örin egallagan «Şum bola» badiiy filmidagi Omon roli ijroçisi, 56 yoşli Saidkarim Saidoripov böldi.
– Saidkarim aka, tahririyatimizga xuş kelibsiz. Sizni topiş va aloqaga çiqiş biroz qiyin keçdi. Hozir texnika asri bölişiga qaramay, qöl telefon tutmasligingizning boisi nima?
– Taklif uçun sizlarga ham rahmat. Nega telefon işlatmasligimning sababini köpçilik söraydi. Lekin telefonda gaplaşgani odam yöq (kuladi). Diydorlaşib, suhbatlaşgisi kelgan örtoqlarimning özi uyimga kelişadi. Jurnalistlar esa ukam, jiyanlarim orqali izlab, topişadi. Köp yildan beri telefon tutmayman va bu meni öylantirmaydi ham.
– «Şum bola»ga kelib qolişingiz va Omon roliga tayinlanişingiz qanday keçgan?
– 1975 yili bolalar gazetasida Qoravoy roli uçun tanlov e'lon qilingan. Maktabda ustozimiz Vasila Olimxonova öquvçilar örtasida kiçik sinov taşkil etgan va men ğolib bölganman. Şundan keyin ular meni «Özbekfilm»ga olib borgan. U yerda respublikaning turli hududlaridan kelgan minglab bolalar qatori kino sinovda qatnaşganman. Saralangan iştirokçilardan oxirida Abdurayim Abduvahobov ikkimiz qolganmiz.
Köpçilik bilsa kerak, avvaliga boş rolga meni tasdiqlaşgan. Keyinroq Qoravoy roli Abdurayimga topşirildi.
– Öşanda neça yoşda edingiz?
– 12ga kirgandim, 1975 yil edi.

- Syomka jarayonlari qayerda bölib ötgan?











