Endilikda aksiyadorlik jamiyatlari mulklarining past narxlarda davlat tomonidan olib qöyilişi va sotilib ketişiga çek qöyiladi. Bu Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi fevral oyida işlab çiqqan qonun loyihasida közda tutilgan.

Loyiha hukumat tomonidan Oliy Majlisga kiritilgan, deya xabar bermoqda agentlik axborot xizmati. Xabarda qayd etilişiça, ayni paytda aksiyadorlik jamiyatlari mulkining balans qiymati asosida past narxlarda baholanib sotilib ketişi va bundan aksiyadorlar zarar körişi holatlari amalda kuzatilmoqda. Bunday holatlar minoritar (uluşi kiçik bölgan) aksiyadorlarning qonuniy manfaatlariga zid bölib, investitsiya muhiti va mamlakatning xalqaro maydondagi imijiga salbiy ta'sir körsatişi mumkin.

Mazkur muammoning oldini oliş va aksiyadorlarni himoya qiliş uçun agentlik tomonidan işlab çiqilgan qonun loyihasida «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunga bir qator özgartirişlar kiritilişi közda tutilgan.

Unga köra, aksiyadorlik jamiyatlari rahbariyati qandaydir yirik bitim tuzmoqçi (jamiyat mulkini sotmoqçi) bölsa, buning uçun bitim şartlarini mustaqil auditorlik kompaniyasini jalb qilgan holda örganişga majbur böladi. Auditor esa bitimda körsatilgan mulkning bozor narxini hisobga olişi şart.

Xuddi şunday tartib jamiyat mulkini öşa jamiyatga aloqador şaxs (affillangan şaxs) sotib olayotganida ham qöllanilişi şart. Misol uçun, agar qaysidir hokimlik davlat uluşi bor aksiyadorlik jamiyatlari hisobidagi mulkni davlat balansiga olmoqçi bölsa, oldingidek mulkning balans qiymati asosida past narxda emas, bozor narxida kompensatsiya tölaşga majburlanadi.

“Uşbu qonunning qabul qilinişi aksiyadorlik jamiyatlarida uluşi kam bölgan kiçik aksiyadorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuçaytirişga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.

Şuningdek, xabarda Kapital bozori agentligi aksiyador va investorlardan öz huquqlari va manfaatlari buzilgan hollarda zarur çoralarni öz vaqtida köriş uçun Agentlikka murojaat qilişlarini söragani ta'kidlangan.