Senatda «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun ma’qullandi.
Mazkur qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. Jumladan, aksiyadorlarning dividendlar tölanişiga doir huquqlari mustahkamlanib, aksiyadorlik jamiyatlari xodimlariga aksiyalarni sotib oliş uçun imtiyozli huquq beriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida veb-saytlar mavjud bölişining majburiyligi töğrisidagi va ular tomonidan axborotning oşkor etilişi borasida qöyilgan talablar soddalaştiriladi.
Şuningdek, fond birjalarining faoliyatini tartibga soliş Istiqbolli loyihalar milliy agentligining zimmasiga yuklatilmoqda. Endi mazkur taşkilot elektron tijorat sohasida vakolatli organ etib belgilanmoqda.
Qonunning qabul qilinişi kapital va suğurta bozorlarini, elektron tijorat sohasi hamda mazkur sohalarda fuqarolarning huquqlarini himoya qilişga xizmat qiladi.












