Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi boşqarma boşliği Şerzod Egamberdiyev yirik bitim tuzilişida minoritar aksiyadorlarning huquqlarini ta'minlaş maqsadida joriy etilgan yangi tartib haqida ma'lumot berdi.
Ta'kidlanişiça, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunning 84-moddasiga özgartirişlar kiritilib, aksiyadorlarning umumiy yiğilişi yoki kuzatuv kengaşi tomonidan yirik bitim tuziş böyiça qaror qabul qiliş faqatgina mol-mulkni baholovçi taşkilot tomonidan bozor qiymati hisobga olingan holda, şuningdek, mustaqil taşqi auditorlik taşkiloti tomonidan bitim şartlari izçil örganilgan holda amalga oşirilişi belgilab qöyildi.

«Bundan taşqari, mazkur qonunning 88-moddasiga özgartiş kiritilib, jamiyat özi va affillangan şaxslar örtasida tuziladigan bitimlar haqida axborotni oşkor qiliş tartibi takomillaştirildi. Xususan, affillangan şaxslar bilan bitim tuzilganida uşbu bitim tuzilgan paytdan e'tiboran 72 soat mobaynida uşbu ma'lumotni oşkor qilişi hamda bunday bitimlar tuziş çoğida manfaatlar töqnaşuvi töğrisidagi ma'lumotni özining yillik hisobotida aks ettirişi zarurligi alohida norma bilan belgilab ötildi.
Şu bilan birga, jamiyatning kuzatuv kengaşi a'zosi, boşqaruv direktori yoki a'zosi, şuningdek, işonçli boşqaruvçilarga ham jamiyat oldidagi qöşimça mas'uliyatlar belgilandi. Xususan, sud agar jamiyat kuzatuv kengaşi a'zosi, boşqaruv direktori yoki a'zosi, şuningdek, işonçli boşqaruvçini jamiyatga mulkiy zarar yetkazganlikda aybdor deb topganda sud qaroriga köra, ularning vakolatlari xöjalik jamiyatlarida rahbarlik lavozimini egallaşni taqiqlagan holda bir yil muddatga tugatilişi belgilab qöyildi», — dedi u.
Egamberdiyevning aytişiça, jamiyatning kuzatuv kengaşi a'zosi, boşqaruv direktori yoki a'zosi, şuningdek, işonçli boşqaruvçi quyidagilar natijasida jamiyatga yetkazilgan zarar uçun aniq javobgar bölişi belgilab qöyildi:
— çalğituvçi axborot yoki oldindan bila turib yolğon axborot taqdim etganlik;
— qonunçilikda belgilangan axborot taqdim etiş tartibini buzganlik;
— jamiyatga zarar yetkazilişiga sabab bölgan yirik bitimlarni yoki amalga oşirilişidan manfaatdorlik mavjud bölgan bitimlarni tuzişni taklif etganlik, şu jumladan, jamiyat bilan bunday bitimlarning tuzilişi natijasida özlari yoki öz affillangan şaxslari tomonidan foyda, daromad oliş maqsadida bitim tuziş taklif etganlik.












