Yaponiyada regbi böyiça töqqizinçi jahon çempionati yakunlandi.
Finalda Angliya va Janubiy Afrika Respublikasi regbiçilari töqnaş kelişdi.
Jiddiy kuraşlarga boy tarzda ötgan bahsda afrikaliklar 32:12 hisobida ğalaba qozonişdi. Ular tarkibida Mapimpi va Kolbi bittadan muvaffaqiyatli «uriniş»ni amalga oşirdi. Qolgan oçkolar jarima zarbalaridan keyin qölga kiritildi.
Natijada Janubiy Afrika milliy jamoasi öz tarixida uçinçi marta jahon çempioni böldi (1995, 2007, 2019).
Uçinçi örin uçun bahsda Yangi Zelandiya 40:17 hisobida Uelsni yengdi.
Ma'lumot örnida, regbi böyiça jahon çempionati har 4 yilda bir marta ötkaziladi. Musobaqada Yangi Zelandiya (1987, 2011, 2015), Avstraliya (1991, 1999) va Angliya (2003) ham ğalaba qozongan. Keyingi jahon çempionatiga 2023 yili Fransiya mezbonlik qiladi.
Regbi böyiça jahon çempionati
Yaponiya – 2019
1 noyabr
3-örin uçun bahs
Yangi Zelandiya – Uels 40:17
2 noyabr
Final
Angliya – Janubiy Afrika 12:32












