Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatimizga rasmiy taşrif bilan, şuningdek, Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengaşining 18-majlisida iştirok etiş uçun kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi Boş vaziri Li Ketsyanni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlab, Özbekiston bilan Xitoy örtasidagi döstlik va har tomonlama strategik şeriklik munosabatlari izçil mustahkamlanib borayotganiga katta mamnuniyat bildirdi.
Li Ketsyan, öz navbatida, Özbekiston Prezidentiga iliq mehmondöstlik uçun samimiy minnatdorlik bildirdi hamda XXR Raisi Si Tszinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uçraşuvda ikki davlat rahbarlarining samarali muzokaralari konstruktiv siyosiy muloqotni kengaytiriş va barça sohalarda köp qirrali amaliy hamkorlikni rivojlantiriş uçun mustahkam zamin yaratgani alohida ta'kidlandi.

Oliy darajada erişilgan kelişuvlar va imzolangan bitimlarni sözsiz amalga oşiriş, ikki tomonlama savdoning jadal ösişini ta'minlaş, şuningdek, infratuzilmani rivojlantiriş, energetika, sanoat, qişloq xöjaligi, transport, axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari va boşqa sohalarda ustuvor loyihalarni birgalikda ilgari suriş zarurligi qayd etildi.
Madaniy-gumanitar yönalişda, avvalo fan, ta'lim, innovatsiyalar va turizm yönalişlaridagi aloqalarni mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratildi.
Uçraşuvda Şanxay hamkorlik taşkiloti doirasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Xususan, iqtisodiyot, investitsiyalar va transport kommunikatsiyalari sohalarida taşkilotga a'zo barça davlatlar uçun manfaatli bölgan yirik loyihalarni amalga oşiriş dolzarb ekani ta'kidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.
XXR Davlat kengaşi Boş vaziri Xitoy mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yölida köp qirrali şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va mustahkamlaşga kömaklaşişga tayyor ekanini tasdiqladi.












