ŞHT haqida qisqaça:

* ŞHT dunyo aholisining deyarli yarmi yaşovçi davlatlarni özida jamlagan taşkilot;

* Yevrosiyo hududining 60 foizini egallagan  ŞHT davlatlarining dunyo YaIMdagi uluşi 30 foizdan ortiqroq;

* Garçi qamrovi juda keng bölsa-da, bu taşkilot harbiy blok hisoblanmaydi va militaristik rejalar tuzmaydi. Ammo şunga qaramay terrorizm, separatizm, narkotrafik kabi transmilliy muammolarga qarşi kuraş böyiça hamkorlikdagi harakatlar olib boradi;

* Dastlab kuzatuvçi maqomida bölgan Hindiston va Pokiston kabi davlatlarning keyinçalik tölaqonli a'zo bölib qabul qilinişi taşkilot nufuzini keskin oşirib yuborgan. Buning öziga xos sabablari bor. Birinçidan, bu ikki davlat atom quroliga ega bölsa, ikkinçidan, Hindiston va Pokiston örtasidagi azaliy ziddiyat yeçimida ŞHT uçraşuvlari yaxşi maydon böla oladi;

ŞHT davlat rahbarlari kengaşi, boş vazirlar (hukumat rahbarlari) kengaşi, taşqi işlar vazirlari kengaşi kabi bir neça yönalişda iş olib boradi. Toşkentda bölib ötayotgan tadbir aynan hukumat rahbarlari kengaşi bölib, unda asosan iqtisodiy rejalar, özaro şerikçilik asosidagi budjet kabi masalalar muhokama qilinadi. Hukumat rahbarlari kengaşiga qabul qiluvçi davlat hukumati raisi rahbarlik qiladi.

ŞHT Boş kotibi Vladimir Norov Toşkentda bölib ötayotgan tadbir böyiça quyidagi fikrlarni bildirgan: "ŞHTga a'zo davlatlar hukumat rahbarlarining kengaşi yiğilişi ŞHT davlatlarining özaro hamkorligini yanada kuçaytiriş, iqtisodiy ösiş sur'atini jadallaştiriş, transport va energetika, sanoat sohalaridagi aloqalarni kengaytiriş imkonini beradi".

Kun.uz muxbirlari xalqaro OAV vakillari bilan birga mazkur tadbir uçun maxsus taşkil etilgan matbuot markazida voqealar rivojini kuzatib bormoqdalar.