Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt va boşqa viloyatlarni Farğona vodiysi bilan boğlovçi Qamçiq dovonida kuçli qor yoğayotganiga oid lavhalar tarqalmoqda.
Ayni vaqtda dovon qor bilan qoplangan, quyuq tuman ham tuşgan. Ammo avtomobillar harakatlanişda davom etmoqda. Lavha muallifi yuqoridan turib tasvirga olarkan haydovçilarni ehtiyot bölişga çorlaydi.
Vaziyatga izoh oliş maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga murojaat qildik. Vazirlikning jamoatçilik bilan aloqalar bölimidan ma'lum qilişlariça, Qamçiq dovonidagi yöllar oçiq, barça xizmatlar ştat rejimida işlaşmoqda. Lekin qor kuçayib, toyğanoq bölişi mumkinligini hisobga olgan holda ehtiyotkorlikni kuçaytiriş lozim böladi.
Bundan avvalroq, 3 noyabr kuni Qoraqalpoğiston hududida birinçi qor yoğgani xabar qilingandi.










