Imkoniyati çeklangan bolalarda maktablarga tölov muammosi – Ularga imkon va imtiyoz beriladimi?
|16:57 / 05.11.201918 5217 min
Toşkent şahridagi 77-sonli ixtisoslaştirilgan maktab-internatda bir-biridan iqtidorli bolalar öqiydi. Ularning köpçiligi musiqa ta'limi olişga qiziqadi.
Şuning uçun öquvçilar maktabda filial sifatida faoliyat yuritayotgan 17-sonli musiqa va san'at maktabida ham tahsil olmoqda.
Bolalar köriş qobiliyatlarida muammo bölişiga qaramasdan köp orzu qilişadi, yaxşi öqişga intilişadi, hozirdanoq kelajakda kim bölmoqçi ekanliklarini ham rejalaştirib bölişgan.
Masalan, Elnur Ahmedov pianinoçi bölişni,bolalarga turli kuylar örgatişni xohlaydi.
Samira Tolipova hayotini allaqaçon musiqa bilan boğlab bölganini, katta sahnalarda qöşiqlar kuylaş eng katta maqsadi ekanini bildirdi.
Gulşan Olimjonova esa aktrisa bölişnimaqsad qilgan.
Bolalar maktabdagi öqişlaridan böş vaqtlarining asosiy qismini musiqa bilan şuğullanişga bağişlaşgan.
«Ularning boşqa ovunadigan narsalari ham yöq. Şuning uçun bolalarimiz musiqa bilan dunyoni tanişadi. Çunki öquv jarayonida ham Brayl yozuvidagi darsliklar yetarli emas.
Mavzuga oid
Aksariyat kitoblarimiz 10 yil, balki undan ham oldinroq çop etilgan. Bolalar ayrim kitoblarning faqat audio variantini eşitişmoqda, xolos. Natijada ba'zi sözlarni yozişda ham qiynalişadi. Şuning uçun musiqa va san'at bilan şuğullaniş ularga juda kerak», - deydi maktab ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Ozoda Zuparova.
Muammo şundaki, musiqa va san'at maktablarida öqiyotgan bolalarning aksariyatida tölov bilan boğliq muammolarbor.
Amaldagi tartibga köra, bolalar ta'lim olişi uçun Toşkent şahridagi musiqa va san'at maktablariga har oyda 152 ming atrofida pul tölanadi.
Bu Moliya vazirligi va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va san'at maktablarida öqişi uçun haq tölaş va undan foydalaniş tartibi töğrisida»gi nizom bilan tartibga solinadi.
Unda qator talablar asosida ayrim bolalarning bepul va çegirma asosida ta'lim olişiga imkon berilgan bölsa-da, bu röyxatga imkoniyati çeklangan bolalar kiritilmagan.
Dilbar Zuparovaning aytişiça, bolalarning aksariyatining ota-onalari ham imkoniyati çeklangan şaxslar. Bu ularning boşqalar qatori işlaşi va bolasining san'at maktabida öqişiga pul tölaşi imkonini çegaralaydi.
17-sonli musiqa va san'at maktabi öqituvçisi Bahodir Qurbonovning sözlariga köra, ota-onalar va öqituvçilar bir neça yillardan beri qator taşkilotlarga murojaat qilişgan.
«Özbekiston Respublikasi Qonunçilik palatasi, Ombudsman, Moliya vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Madaniyat vazirligiga ham murojaat qildik. Ularning köpçiligi masalani körib çiqyapmizdegan javobni berişadi. Respublika böyiça imkoniyati çeklangan musiqa maktabida öqiyotgan bolalar soni unçalik köp emas, aslida. Ularga bepul ta'lim oliş imkonini beriş bilan katta narsa yöqotmaymiz.
Bu bolalar ham kelajakda bitta kasbni tanlab öz kelajagini qurişga haqli. Neça yildan buyon körib çiqyapmiz, degan javobni berayotgan mas'ullardan közlarini yumib bir neça qadam bosib körişlarini iltimos qilardim. Şunda ular balki tezroq harakat qilişgan, e'tiborliroq bölişgan bölardi», - deydi Bahodir Qurbonov.
Ayni paytda maktab bolalari orasida xalqaro va respublika tanlovlari, festivallar iştirokçilari ham bor.
Masalan, Oydinoy Yöldoşeva va Samira Tolipova joriy yil Moskva şahrida ötkazilgan «Belaya trost» xalqaro festivalida qöşiq kuylaşgan.
Gulşan Olimjonova esa respublika tanlovlarida ğolib bölgan.
«Ba'zi boşqa öquvçilarimiz ham musiqa va san'at maktabida öqişni juda xohlaşadi. Lekin iqtidorli bölişlariga qaramay ba'zilarining maktabga qatnaşga imkoni yöq. Bunday bolalarimizning qolib ketayotgani esa bizni xavotirga solmoqda», - deydi 77-sonli ixtisoslaştirilgan maktab-internat matematika-informatika fani öqituvçisi Oqmurod Otamurodov.
Maktab direktori Rustam Safarov ham bu borada tegişli taşkilotlarga takliflar berilganini ma'lum qilib, hozirça natija kutilayotgani haqida aytib ötdi.
Maktab va öquvçilar ahvolini örganib, iyun oyida Vazirlar Mahkamasiga tegişli xat yöllagan va hukumat orqali qator vazirliklardan olingan javobdan qoniqmagan «Milliy tiklaniş» partiyasi raisi örinbosari Feruza Muxamedjanova bolalar taqdiriga jiddiyroq yondaşişga çaqirmoqda.
«Nizomga özgartiriş kiritiş orqali respublika böyiça közi ojizlar maktablarida öqiyotgan bolalarga yaxşi bölişiga erişgan bölardik. Qaçongaça borib ahvolni körib könglimiz böşab qaytişimiz kerak. Kimdir bu masala bilan jiddiy şuğullanişi kerak. Balki mana şu bolalarimiz orasidan katta-katta operaçilar, musiqaçilar çiqar.
Bu mavzu böyiça hukumatga parlament sörovi yuborişni rejalaştirganmiz», deydi Feruza Muxamedjonova.
Davlat rahbarining 2017 yil «Madaniyat va sport sohasida boşqaruv tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga asosan, musiqa va san'at maktablari Madaniyat vazirligi tizimiga ötkazilgani bois, mavzu böyiça qilinayotgan işlar böyiça izoh oliş maqsadida Madaniyat vazirligi bilan ham boğlandik.
Madaniyat vazirligi Ta'lim muassasalari va tarmoqlarni metodik ta'minlaş boşqarmasi boş mutaxassisi Muhabbat Muxitdinovaning ta'kidlaşiça, imkoniyati çeklangan bolalarni tölov pulidan ozod qiliş böyiça normativ hujjat loyihasi Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligi hamkorligida işlab çiqilmoqda.
«Bu masala bir neça yillardan beri muhokama etilmoqda. Respublika böyiça taxminan 350 nafar imkoniyati çeklangan bolalar öqiydi. Agar loyiha yanvar oyida tasdiqlansa, nafaqat közi ojiz bolalar, balki boşqa jihatdan imkoniyati çeklangan bolalarga ham 100 foiz imtiyoz beriladi. Çunki tibbiyot xodimlari ham imkoniyati çeklangan bolalar uçun musiqa bilan şuğullaniş muhim ekani haqida ta'kidlaşadi», - deydi Muhabbat Muxitdinova.
Uning sözlariga köra, ayni paytda imkoniyati çeklangan bolalarning musiqa va san'at sohasida yaxşi ta'lim olişi uçun zarur metodikalar va Brayl yozuvidagi qöllanmalarda ham kamçiliklar bor.
Bu borada ham vazirlik oldida katta vazifalar turibdi.
Balki ta'lim berişda metodika va boşqa jihatlar bilan boğliq muammolar köpdir, lekin bu bolalar musiqa bilan şuğullanişni, kelajakda öz örinlariga ega bölişni xohlaşadi. Ularga imkon bermaslikka, şaroit yaratmaslikka esa haqqimiz yöq. Çunki mana şu bolalar ertaga Özbekiston kelajagini yaratuvçilar safida böladi.
Biz yanvarni - Madaniyat vazirligi aytgan muddat kelişini va san'atga iqtidori bor imkoniyati çeklangan bolalarning musiqa ta'limi olişda qiynalmasliklarini çin dildan kutamiz.