Ispaniya La Ligasining 11-turidan keyin joriy mavsumda öz stadionida eng köp va eng kam tomoşabin töplayotgan klublar nomi ma'lum böldi.

Tomoşabinlar taşrifi böyiça “Barselona” yetakçilik qilmoqda. Kataloniyadagi “Kamp Nou” öyingohida har öyinda örtaça 74 124 muxlis taşrif buyurmoqda. Stadion tölişi 74 foizni taşkil qilgan.
Ikkinçi örinda Madriddagi “Santyago Bernabeu” qayd etilgan. “Real”ning uy arenasida har uçraşuvda örtaça 62 518 tomoşabin yiğilmoqda. Öyingoh har öyinda örtaça 73 foizga tölmoqda.
Uçinçi poğonadan ham Madriddagi stadion – “Vanda Metropolitano” joy olgan. “Atletiko”ning har uy bahsiga örtaça 59 693 tomoşabin taşrif buyurmoqda. Stadionning töliş foizi hisobida “Matrasçilar” yangi öyingohi eng yaxşi körsatkiçga ega – 68 ming siğimli arena 88 % tölmoqda.
Ispaniya La Ligasida eng kam tomoşabin töplayotgan jamoalar sifatida – “Xetafe” (11 771), “Leganes” (10 053), va “Eybar” (5849) klublari arenalari qayd etilgan.











