Sport | 10:50 / 05.11.2019
3318
2 daqiqa o‘qiladi

Sport razryadlarini berish tartibi o‘zgaradi

Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritiladi. Tegishli hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.

Kiritilishi mo‘ljallangan o‘zgartirishga ko‘ra, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi sportchilariga ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, o‘smirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari - qat'iy ravishda ushbu tashkilotlar tomonidan sportchilar trenerlarining taqdimnomalariga asosan, shuningdek, oliy va o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarining sportchilariga birinchi sport razryadi - qat'iy ravishda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari - qat'iy ravishda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining mintaqaviy bo‘limlari tomonidan sportchilar trenerlarining taqdimnomalariga asosan berilishi mo‘ljallanmoqda.

Amaldagi tahrirga ko‘ra, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi sportchilariga ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, o‘smirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — qat'iy ravishda ushbu tashkilotlar tomonidan sportchilar trenerlarining taqdimnomalariga asosan beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish