Reytingga köra, Özbekiston 100 balldan 26 ball töpladi, bu ötgan yilgi körsatkiçdan atigi bir ball yuqoridir.

Reytingda mamlakatlar uç omil: internetga kirişga hukumat tomonidan tösiq, senzura va foydalanuvçi huquqining buzilişi böyiça baholandi. Reytingda butun dunyodagi foydalanuvçilarning 87 foizini qamrab olgan 65 mamlakatdagi internet erkinligi baholangan. Hisobotda 2018 yil iyundan 2019 yil maygaça bölgan vaziyat tahlil qilingan.

«Özbekistonda internetda erkin fikr bildiriş uçun kiçik makon paydo bölgan bölsa-da, internet qat'iy nazorat ostida qolmoqda. Aksariyat (ammo barça emas) xalqaro ommaviy axborot vositalari veb-saytlariga kiriş tiklangani tahsinga loyiq, bu deyarli 15 yillik mustaqil tanqidiy fikrlarga tösiq qöyiş siyosatiga barham berilganini anglatadi», - deyiladi hisobotda.

Qayd etilişiça, Özbekistonda internet tezligi nisbatan pastligiça qolmoqda. Abonentlar sifatsiz aloqa va tez-tez uzilişlarga duç kelmoqda. Speedtest ma'lumotiga köra, 2019 yil may holatiga keng polosali aloqa tezligi 14,37 Mbit / sni taşkil etgan (jahonda 131-örin) bölsa, mobil keng polosali aloqa tezligi 9,77 Mbit / s bölgan (129-örin).

«Özbekiston hukumati internetda fikr bildirganlik uçun jazolaşda keng vakolatlarga ega va ijtimoiy tarmoqlarni muntazam nazorat qiladi», - deyiladi tadqiqotda.

Hisobotda aytilişiça, 65 mamlakatdan 33tasida internet erkinligi yomonlaşgan. Bu borada eng yomon körsatkiç Sudan va Qozoğistonda qayd etilgan. 16 mamlakatda körsatkiç yaxşilangan bölib, eng katta ösiş Efiopiyada bölgan. AQŞda ham internet erkinligi bilan boğliq vaziyat yomonlaşgan. Xitoy internet erkinligini buziş böyiça qatorasiga törtinçi bor birinçi örinda qayd etilgan.