Toşkentda Özbekiston-BAA hamkorligini inventarizatsiya qiliş va huquqiy asoslarini takomillaştiriş böyiça taşqi işlar vazirliklari örtasida maslahatlaşuvlar bölib ötdi.
Birlaşgan Arab Amirliklari delegatsiyasiga BAA Taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vazirligining Xalqaro huquq departamenti boşliği Abdulla Hamdan Al Nakbi rahbarlik qildi.
Ekspertlar imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni inventarizatsiya qildilar, şartnomaviy-huquqiy asoslarning joriy holatini körib çiqdilar va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil mart oyida BAAga rasmiy taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlarning bajarilişini muhokama qildilar.
Muzokaralarda fuqarolik va xöjalik masalalarida özaro huquqiy yordam töğrisida davlatlararo şartnoma, soliq sohasida axborot almaşiş va investitsiyalarni özaro himoya qiliş va rağbatlantiriş töğrisidagi hukumatlararo bitimlar loyihalarini işlab çiqişni tezlaştiriş va ularni imzolaşga tayyorlaşga kelişib oldilar.
Şuningdek, tomonlarning BMT Boş assambleyasining Oltinçi qömitasi, Xalqaro xususiy huquq böyiça Gaaga konferensiyasi, IHT va boşqa köp tomonlama şakllardagi iştiroki yuzasidan fikr almaşildi.











