Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi xorazmlik jurnalist Davlatnazar Rözmetov vafoti yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
«2019 yil 6 noyabr kuni soat 23:55larda fuqaro S.U. özi işlab kelayotgan korxonasiga tegişli bölgan «Gazel» rusumli avtomaşinani «Urganç-Xiva» yölining 4-kilometrida boşqarib borayotganida, yölni kesib ötayotgan «Jamiyat» gazetasi muxbiri Davlatnazar Rözmetovni urib yuborgan.
Natijasida D.Rözmetov boş qismidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Urganç tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda», - deyiladi bayonotda.











