Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xodimlari fojiali ravişda halok bölgan jurnalist Davlatnazar Rözmetovning xonadonida bölib, marhumning oilasiga moddiy yordam körsatdi.

«Kuni keça Agentlikda ötkazilgan matbuot anjumanida marhum jurnalist Davlatnazar Rözmetovning professional faoliyati, kamtarona va xokisor hayoti yodga olib ötilgan edi. Agentlik rahbari Komil Allamjonov marhumning oilasiga moddiy yordam körsatiş masalasida taşabbus bildirgan edi.

Bugun Agentlik xodimlari ayni şu masala böyiça Xorazm viloyatida böldi. Davlatnazar Rözmetovning oila a'zolariga Agentlik tomonidan öquv qurollari, badiiy adabiyotlar hamda moliyaviy mablağ taqdim etildi», deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib ötamiz, şu hafta boşida ötkazilgan maxsus matbuot anjumanida xorazmlik jurnalistning fojiali ölimi yuzasidan batafsil ma'lumot berilgan edi.

Unga köra, Davlatnazar Rözmetovni 2019 yilning 6 noyabr kuni taxminan soat 23:00-23:30 oraliğida, Urganç-Xiva yölida harakatlanib ketayotgan «GAZel» avtomobili urib yuborgan. Jurnalist voqea joyida vafot etgan.

Marhumning öşa kundagi harakatlari kuzatuv kameralarida muhrlangan. Kun.uz bu haqda Içki işlar vazirligi oçiqlagan ma'lumotlarga tayanib, batafsil maqola va videoreportaj e'lon qilgan edi.