12 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xorazmda jurnalist Davlatnazar Rözmetovning fojiali halok bölişi yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi. Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirliklari va boşqa idoralar mutasaddilari iştirokida ötkazilgan tadbirda dastlabki tergov-suriştiruv xulosalari asosida batafsil ma'lumot berildi.
Tadbirni kiriş sözi bilan oçib bergan AOKA direktori Komil Allamjonov agentlikDavlatnazar Rözmetov bilan aslida nima röy bergani yuzasidan örganişlar ötkazgani, mutasaddilarni taklif qilib vaziyatga oydinlik kiritişga qaror qilgani haqida gapirdi.
Şundan söng tadbirga taklif etilgan mutasaddilar öz ma'lumotlarini taqdim etişdi.
Xorazm viloyati IIB boşliği örinbosari, Tergov boşqarmasi boşliği Ahmadjon Pölatov öşa kungi voqealar xronologiyasini keltirdi.
Ahmadjon Pölatov
«2019 yilning 6 noyabr kuni taxminan soat 23:00-23:30 oraliğida fuqaro Safarov öz boşqaruvida bölgan «GAZel» avtomobilida Urganç-Xiva yölida harakatlanib ketayotgan vaqtda 1971 yilda tuğilgan piyoda Davlatnazar Rözmetovni urib yuborgan. Olingan tan jarohatlari oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat böyiça Jinoyat Kodeksining 266-moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Sizga tuşunarli bölişi uçun jinoyat işi materiallaridan slayd tayyorlaganmiz. Hodisani tiklaş uçun piyoda Rözmetov YTH sodir bölgan joyga qanday borib qolganini xronologik tarzda aniqlaştirdik.
6 noyabr kuni soat 17:23da marhum Rözmetov özining tanişi, advokat Umid Davletov bilan birga ovqatlaniş maqsadida Urganç şahrida joylaşgan «Yagona» kafesiga kirib kelişgan. Bu holat kafedagi kuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan.
Soat 21:52da Rözmetovning dösti Ğayrat Bobojonov ham uşbu davraga kelib qöşilgan.
Mavzuga oid
Soat 22:11da uçovlon kafedan çiqib, «Xorazm palace» mehmonxonasiga kelişadi va xizmat safari bilan Urgançga kelgan Umid Davletovning tunaşi uçun joy gaplaşişadi.
Joy masalasi hal qilinganidan keyin bu şaxslar soat 22:18da mehmonxonadan çiqişadi. Marhum Davlatnazar Rözmetov Qöşköpirga – uyiga qaytişi kerak böladi, şeriklari uni «Nexia-2» rusumli taksiga ötkazib yuborib, özlari mehmonxonaga qaytişadi. Qöşköpirga ketişda Urganç tumani hududida «Maş'al» nomli dökon bor, uni Xorazmda barça biladi, taksi şu joygaça gaplaşilgan. Tergov jarayonida aniqlandiki, bu yerda Qöşköpirga ketadigan taksilar şoxobçasi bor. Marhum şu yerda Qöşköpirga ketiş uçun «Nexia» rusumli boşqa bir taksini gaplaşib, unga ötiradi.
Tergovning siri bor, şu sababli faqat oçiq ayta olişim mumkin bölgan holatlarnigina gapirib beryapman. Urganç-Xiva yölida ketaverişda yöl böyida avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasi bor. Soat 22:45da Davlatnazar Rözmetov taksida şu yerga kirib kelganini tasdiqlovçi videotasvirlar bor. «Gazzapravka»ga kirişda yölovçilarning xavfsizligini ta'minlaş uçun ular avtomobildan tuşiriladi, şu tartibga köra marhum ham maşinadan tuşib turadi. «Gazzapravka»dan çiqqan Qöşköpir yönalişi böylab yölda davom etişadi. Bizda bu holatning videosi bor, tergovda tasdiqlangan.
Yölning taxminan 5-kilometrida taksi haydovçisi va Davlatnazar Rözmetov örtasida dahanaki tortişuv yuzaga keladi hamda Rözmetov jahl ustida şu yerdagi bekatda maşinadan tuşib qoladi. Aynan şu yerda – maşinadan tuşib qolgan joylarida YTH sodir bölmoqda. «GAZel» çap tomoni bilan Rözmetovni urib yuborgaç, u yölning qarama-qarşi tomoniga uçib ketgan. Yöl-transport hodisasi çizmasi çizilgan. Çizmada hodisa joyi, avtomobilning tormoz izi, marhum bilan töqnaşuv sodir bölgan joy va u YTH natijasiga qayerga borib tuşgani aks etgan. Hodisa röy berganidan köp ötmay tezkor tergov guruhi tomonidan darhol tormoz izlari olingan, barça dalillar, çizmalar rasmiylaştirilgan», deya tergovçining sözlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Matbuot anjumanida hodisa aynan qanday röy bergani, avtomobil qanaqa tezlikda harakatlanayotgani va haydovçiga nisbatan qanday çora körilişiga ham aniqlik kiritilişi söraldi.
«Tergovda haydovçi Davlatnazar Rözmetov maşinani töxtatmoqçi bölganday şapkasini yuqori kötarib yölga yugurib çiqdi, deya körsatma bergan. Demak, bekat tomondan yölga qarab çiqilgan. Bu körsatmani bergan yana bitta guvohimiz ham bor. Haydovçi maşinani olib qoçmoqçi bölib çapga burgani, çapga burib tormoz bilan borganida marhum maşinaning çap tomoniga urilgani haqida körsatma bergan.
Bu oşkor qilsa böladigan ma'lumot bölgani uçun aytyapman. Hozir dastlabki tergov jarayoni ketmoqda. Haydovçi gumonlanuvçi sifatida qözğatilgan jinoyat işiga jalb qilingan. Barça ekspertizalar ötkazilgandan keyin unga nisbatan ayblilik masalasi körib çiqiladi. YTH sodir bölgan vaqtda avtomobil qanday tezlikda harakatlanayotganini aniqlaş böyiça ekspertiza tayinlangan. Gumonlanuvçining ham bu borada körsatmasi bor. Holatga aniqlik kiritiş uçun tormoz izlari ölçangan, hodisa çizmaga tuşirilgan. Şularga asosan ekspertiza xulosasidan söng ekspertlar avtomobil qanday tezlikda harakatlanganini aniqlab berişadi. Ekspert ön kundan bir oygaça bölgan muddatda xulosa berişi mumkin. YTH sodir bölgan hududda avtomobillar harakatlanişi uçun 70 tezlik belgilangan», deydi Ahmadjon Pölatov.
Tadbirda öşa voqea sodir bölgan kunda marhum bilan birga bölgan tanişi, advokat Umid Davletov ham söz oldi.
Umid Davletov
ؘ«Menga Davlatnazar aka haqida gapiriş qiyin. U inson kim uçundir oddiy jurnalist, kim uçundir oddiy odam, lekin men uçun qadrdon döst edi.
Haqiqatan ham 2019 yilning 6 noyabr kuni himoyamdagi Nafosat Olloşukurova işi böyiça Urganç şahriga bordim. Urganç aeroportidan çiqişim bilan Davlatnazar akaga qönğiroq qilib, u kişi bilan uçraşmoqçiligimni aytdim. Şu kuni Davlatnazar aka bilan uçraşdik. Uçraşganimizda u nihoyatda xursandligini, unga nisbatan tuhmat qilib yozilgan arizalar böyiça töliq tekşiruvlar ötkazilib, Xorazm viloyati IIB tomonidan unga nisbatan qözğatilgan barça ma'muriy işlar tugatilganini, hozirgi kunda uning jurnalistik faoliyatiga heç qanday tösqinlik yöqligini, aksinça, viloyat IIB rahbariyati tomonidan uning xavfsizligini ta'minlaş böyiça ijobiy işlar qilinganini faxrlanib aytib berdi.
6 noyabr kuni Davlatnazar aka bilan kun böyi birga yurdik. Tuşlikniyam, keçki ovqatniyam birga qildik. Keçki ovqatdan keyin men mehmonxonada qoldim, u kişi uyiga ketdi. Men u kişidan mehmonxonada tunab qolişini iltimos qildim, lekin u kişi oilamning oldiga boraman deb unamadi. Ertalab qaytib kelişini aytdi. Keyin biz Ğayrat aka bilan mehmonxonaning qarama-qarşi tomonidan u kişini taksiga ötkazib yubordik. Bu haqda yuqorida batafsil ma'lumot berildi. Döstimni oxirgi marta körganim şu böldi», deydi u.
Davlatnazar Rözmetovning jiyani Farhod Rözmetov amakisining ölimi baxsiz hodisa bölgani, endi uning yetim qolgan farzandlariga ğamxörlik qiliş kerakligini ta'kidladi.
Farhod Rözmetov
«Amakimning jurnalistik faoliyatini qiziqib kuzatib borardim. YTH sodir bölgani haqida xabar yetib kelganida hayron bölib dovdirab qoldik.
Zudlik bilan hodisa joyiga yetib bordik. Borganimizda YTH sodir bölgan köçaning qoronğiligi yaqqol körinib turgandi. YTH amakim yölning belgilanmagan qismidan kesib ötayotganda röy bergani körinib turgandi. Hodisadan söng u kişini tez tibbiy yordam kelib olib ketgan, bizga amakim vafot etganini aytişgandan keyin 7 noyabrga ötar keçasi soat 2-3larda feysbukda bu haqda post qoldirdim. Bundan maqsad u kişini asosan feysbuk orqali yaxşi tanişardi. Amakimning har bir viloyatda öziga yaraşa döstlari, taniş-bilişlari bor edi. Ular amakimni sönggi yölga jönatişga keç qolmasin degandim. Ma'raka bilan bilan bölib ijtimoiy tarmoqlarda kirolmadim. Ammo keçroq kirganimda amakimning ölimi turliça talqin qilingan postlarni körib juda xafa böldim. Musibat haqida, marhumning döstlari, yor-u birodarlarini janozaga taklif qilib qoldirgan xabarim turliça talqin qilinayotgani uçun feysbuk foydalanuvçilaridan voqeani siyosiylaştirmaslik, bilib-bilmasdan turli izohlar qoldirmaslikni sörab yana bir post qoldirdim.
Davlatnazar akam qanday jurnalist bölgan, qanday faoliyat yuritgan, bunga har kim har xil baho beradi. Uning öziga yaraşa auditoriyasi bölgan, öziga yaraşa kuzatuvçilari bölgan, öziga yaraşa muştariylari bölgan.
Davlatnazar akam faoliyati tufayli köpgina viloyatlarda, tuman-şaharlarda bölgan vaqtida aholining ijtimoiy muammolariga köp e'tibor qaratgan. Otasiz yoki onasiz voyaga yetayotgan bolalarga yoki uy-joysiz oilalarga yo bölmasam ijtimoiy muammosi bölgan oilalarga köproq yordam berişga harakat qilib jurnalistik faoliyatini olib borgan.
Lekin şu örinda menga oğir bölsa ham u kişining oilaviy ahvoli haqida ikki oğiz gapirib ötmasam bölmaydi. Bugungi kunda amakimning ortida uç farzandi qoldi. Ayoli işsiz. Oilamiz bilan birgalikda u kişining farzandlarini yolğizlatib qöymaymiz. Biroq har bir oilaning öziga yaraşa taşvişlari bor. Mavridi kelganda ommaviy axborot vositalariga, bu yerda yiğilgan jurnalist va blogerlarga iltimos bilan murojaat qilmoqçiman. Amakimning oilaviy şaroiti bilan tanişsangiz, u mol-dunyo, davlatga qiziqmagan. Özini jurnalistikaga bağişlagan. Hattoki haftalab, oylab uyiga kelmasdan iş bilan şuğullangan. Şuning uçun u kişining oilaviy ahvoli bilan qiziqsangizlar. Bu yerga kelişdan oldin kelinoyimning yoniga bordim. U kişi bir bir gap aytdi, şu omonat gapni yetkazib qöymoqçiman. Kelinoyim «Davlatnazar Rözmetov jamiyatdagi insonlarga qanday yordam bergan bölsa, farzandlarim kelajagi uçun jurnalistlar ham qöllaridan kelgança yordam berişsin», deb iltimos qildilar.
Jurnalistlar bugungi matbuot anjumanidagi ma'lumotlardan kelib çiqib jarayonni xolis yoritişadi, ijtimoiy tarmoqlarda bölib turgan notöğri fikrlarga öz munosabatlarini bildirişadi, deb öylayman. Çunki jarayon feysbuk yoki boşqa joylarda yozilganidek bölmagan. Bugungi anjumanda berilgan ma'lumotlarga asoslangan holda töğri axborot berilişi va marhumning xotirasini hurmat qilişlarini sörab qolaman», deydi u.
Komil Allamjonov ham voqeani siyosiylaştirmaslikni söradi.
Komil Allamjonov
«Fursatdan foydalanib, Davlatnazar Rözmetovning oila a'zolari va yaqinlariga yana bir bor çuqur hamdarligimizni bildiramiz, ta'ziyamizni izhor qilamiz. Jurnalistlardan, mazkur baxsiz hodisani ğarazli maqsadlari yölida siyosiylaştirişga urinayotganlardan heç bölmasa şu odamning ruhi haqqi bu işlarni töxtatişni iltimos qilardik. Çunki hammasi mana oyday ravşan bölib turibdi. Oila a'zolariyam şuni aytişyapti. Huquqni muhofaza qiluvçi organ vakillariyam. Endi heç bölmaganda şu odamning haqqi-hurmati masalani siyosiy tomonga burib, röy bergan baxsiz hodisani «jurnalistga suiqasd qilingan» deya qilinayotgan çiqişlarni bas qilişni iltimos qilardik», deydi agentlik rahbari.
Jurnalist Toştemir XudoyqulovDavlatnazar Rözmetov vafotidan oldin, ya'ni oktabr oyida «Jamiyat» gazetasidan işdan böşagani, şu tufayli uning oyligi saqlanadigan iş joyi bölmagani tufayli oilasiga yordam puli berilmasligiga e'tibor qaratdi.
Komil Allamjonov esa agentlik marhumning oilasiga albatta yordam körsatilişini va'da qildi.
Ma'lumot uçun, xorazmlik taniqli jurnalist Davlatnazar Rözmetov 6 noyabr kuni yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida halok böldi.