19 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Urganç şahar sudida jurnalist Davlatnazar Rözmetovning ölimiga sababçi bölgan ayblanuvçi Umidbek Jumanazaroviç Saparovga nisbatan bölgan jinoyat işi yuzasidan hukm öqildi.

Oliy sud matbuot xizmati ma'lumotiga köra, Umidbek Saparov Özbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilgan.

Hukmga köra Saparovga 3 (uç) yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Ozodlikni çeklaş jazosini ötaş davrida U.Saparovga nisbatan quyidagi taqiqlar amal qiladi:

  • Urganç şahri böyiça IIO FMB jazolarni ijro etiş inspeksiyasining roziligisiz yaşaş joyini özgartirmaslik, Xorazm viloyati ma'muriy hududdan taşqariga çiqmaslik;
  • Alkogolli içimliklar iste'mol qilmaslik;
  • Tayinlangan ozodlikni çeklaş jazosi Urganç şahri böyiça IIO FMB jazolarni ijro etiş inspeksiyasi tomonidan amalga oşiriş.

U şuningdek, 1 yil-u 6 oy muddatga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilingan.

Sudlanuvçi Umidbek Saparovga nisbatan belgilangan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi bekor qilinib darhol sud zalidan ozod qilingan.

Ayblanuvçining advokati Şerzod Qurbonovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, jazo yengillaştirilişiga Davlatnazar Rözmetovning turmuş örtoği Leninza Aliyeva bergan iltimosnoma sabab bölgan.

Ayol Umidbek Saparov tomonidan öz oilasiga moddiy va ma'naviy yordam berilganini aytgan. Şuningdek, u endi vafot etgan erini ortga qaytarib bölmasligini inobatga olib, sud hay'atidan ayblanuvçining 2 farzandini otasiz qoldirmaslikni söragan.

Marhum jurnalist Davlatnazar Rözmetov turli yillarda «Jamiyat» gazetasida muxbir, «Xorazm yoşlari» gazetasida esa muharrir örinbosari lavozimida işlagan. U sönggi yillarda özining şov-şuvli postlari va tanqidiy maqolalari bilan tanilgan edi.

2019 yil 6 noyabr kuni keçasi yölni kesib ötayotganida Umidbek Saparov boşqaruvidagi «GAZel» avtomobili uni urib yuborgan, boşidan jarohat olgan jurnalist voqea joyida vafot etgandi. Ijtimoiy tarmoqda bu hodisa böyiça turli şubhalar bildirilgaç, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Içki işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirliklari va boşqa idoralar mutasaddilari iştirokida maxsus matbuot anjumani ötkazilgan va Davlatnazar Rözmetov ölimi böyiça voqealar xronologiyasi e'lon qilingandi.